ХALQ MANFAATI - BOSH MEZON

Istiqlol sharofati bilan O'zbekiston jahon miqyosida eng yuqori o'rinlarni egallamoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz: "UCHINCHI RENESSANS''ni birgalikda quramiz deya ta'kidladi. - Negaki, bu yurtning qadim tarix sahifalarini bir titkilab o'tsak, ne-ne buyuk olimlar, jahonga mashhur shoirlar, butun dunyoni larzaga keltirgan jahongirlar, buyuk davlatlarni boshqargan podsholar, o'z ilmi bilan butun jahonni davolagan tabiblar yurti bo'lganligi sababli "UCHINCHI RENESSANS''ni ham ishonch bilan aytaolamanki, albatta mehnatkash, ijodkor xalqimiz bilan quramiz".
Bizning yurtimizda hattoki, bosh qomusimiz bo'lmish - Konstitutsiyamizning ham bosh sarlavhasida "Xalqimiz uchun va uning manfaatlari uchun", deyilgan. Bizning vatanimizda azal- azaldan inson qadri , uning manfaatlari, unga bo'lgan e'tibor eng yuqori o'rinda turadi. Ushbu o'rinda aytib o'tishimiz joizki, xalqimiz uchun, uning farovon yashashi uchun keng imkoniyatlar hamda qulay sharoitlar yaratilmoqda. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" tashkil qilinib, aholining barcha qatlamini qamrab olib tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. 
Yoshlarimizga ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlash yoki kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish, aholi o'rtasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun "Har bir oila tadbirkor" loyihalari orqali imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarga oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishi uchun imtiyozlar berilishi, yosh oilalarga uzoq muddatga subsidiya orqali imtiyozli kreditlar bilan uylar berilishi, yolg'iz qariyalarimizni saxovat uylariga joylashtirib g'amxo'rlik qilinishi, bularning hammasi xalqimizning manfaatini ko'zlab qilinganligini bildiradi.
Millatlararo totuvlik g'oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o'zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g'oyasidir. O'zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat istiqomat qiladi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko'rsatilganidek, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi. Bu esa yurtimizda inson qadri qay darajada ulug' ekanligidan dalolatdir. 
O'zbekiston hududida qadimdan Sharq ma'naviyatiga tayanib yashash, hamjihatlikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Millatidan, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, yagona o'lchov - insonni insonligi uchun ulug'lash bosh mezon qilib olingan. Yangi O'zbekiston naqadar bag'rikeng diyor. Bunda barcha millatlar bir vatanda tinch-totuv yashamoqda. Boshqa millatlarning urf-odatlarini, manfaatlarini ko'zlagan holda davlat siyosati olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda inson qadri ulug' degan g'oya asosida alohida ustuvor vazifalar amalga oshirilmoqda. 2016-yil 21-oktabrdagi "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha imtiyozli uy-joylar qurish dasturi to'g'risida"gi qarori mazkur yo'nalishdagi keng ko'lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo'lib, mahallalarda "Obod mahalla", "Obod qishloq" dasturlari orqali keng qamrovli qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu islohotlarning davomi o'laroq, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston - taraqqiyot strategiyasi orqali aholiga ijtimoiy, iqtisodiy va har tomonlama islohotlar orqali dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. 
O'zbekistonni jahon arenalarining eng yuqori darajalariga ko'tarayotgan sportchilarni ta'kidlab o'tishimiz joiz. Shaxmat bo'yicha 5 ta sportchimiz eng yuqori o'rinni egalladi. Jahon miqyosida g'olib bo'lgan shaxmatchilarimiz prezidentimiz tomonidan munosib tarzda rag'batlantirildi.
Yurtimizning gullab-yashnashi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shmoqdamiz. Shu go'zal yurt uchun Vatan chorlasa biz yoshlar qalqon bo'lmoqqa doimo tayyormiz.
D.Xolmamatov,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi 
bosh mutaxassisi.