Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati qanday amalga oshiriladi.

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:
Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish   YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.
Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Arizaberuvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.
Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (340 mingsoʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ishkunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.
Arizaberuvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.
Tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.
X.Quyboqov.