Shaxsiy fikr SHOIRA NODIRANING QABRI QAYERDA?

O'zbek mumtoz adabiyotida shoira Nodiraning o'rni beqiyosdir. U murakkab zamonda yashagan bo'lishiga qaramasdan ajoyib g'azallar, ruboiylar yozib qoldirganligini yaxshi bilamiz. Biroq xonliklar o'rtasida davom etib turgan muttasil kelishmovchiliklar Mohlaroyimning o'z faoliyatini keng ravnaq toptirishiga rahna solib turar edi. Oqibat shunga olib keladiki, Buxoro amiri Nasrullo turli vaj-korsonlar bilan Qo'qon ustiga bostirib kelib, go'yo bu yerda izidan chiqqan shariat qoidalarini nizomga solmoqchi bo'ladi. Xonlikning hamma e'tiborli kishilarini ta'qib etadi va Mohlaroyimni ikki o'g'li - Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon va nabirasi Muhammad Aminxonni vahshiylarcha qatl etadi.
O'zbek xalqining ajoyib shoirasining hayoti shu yo'sinda fojiali yakun topadi.
Xo'sh, Nodiraning qabri qayerda? Buni tarixchilarimiz, adabiyotchilarimiz hozirga qadar o'rganishdimi? Agar aniq bo'ladigan bo'lsa qabrini ziyoratgohga aylantirish uchun nahotki hech qanday ish qilinmayapti? Nima uchun uning yubileylari keng miqyosda o'tkazilmayapti? Ma'lumot uchun shuni aytib o'tish o'rinliki, shoira 1792- yilda tavallud topganligini hisobga oladigan bo'lsak bu yil uning 231 yillligini nishonlashimiz lozim emasmi? Negadir bu masala adabiyot-shunoslarimizning e'tiboridan chetda qolayapti. 
Shu o'rinda ayrim takliflarni aytib o'tishimiz lozim. Agar Nodira Buxoroda qatl etilgan bo'lsa, uning qabri o'sha joyda bo'lishi mumkin-ku. Shoiraning dafn etilgan joyi aniq bo'lsa, ehtimol uning qabrini Qo'qonga ko'chirib, ziyoratgohga aylantirish lozim degan fikrdamiz. Nima bo'lgan taqdirda ham o'zbek xotin-qizlaridan yetishib chiqqan bunday buyuk shoiralarni unutib yuborish aslo mumkin emas-ku. Shunday ekan, bu borada mutasaddi tashkilotlar shug'ullanadilar, degan umiddamiz.
Jo'shqin.