Psixolog maslahati QIZLARGA ILM BERING! ULAR MILLATNI TARBIYALAYDILAR!

Statistik ma'lumot, fakt bilan Singapurda diplomi bor  ayollar turmushga chiqsalar, davlatdan katta to'yona, agar farzand  ko'rsalar boshqa o'qimagan ayollarga nisbatan ko'proq suyunchi pullarini oladilar. Xo'sh, nima uchun shunaqa? Chunki, buyuk islohatchi  Li Kyuan Yu mamlakatning muvaffaqiyati avvalambor ilmli, ziyoliy ayollar va onalarga bog'liqligini tushunib yetgandi.
Tarix ko'rsatdiki, Li Kyuan Yu 10 foiz haq bo'lib chiqdi. Aqlli va ilmli ayol, ilmsiz, dunyoqarashi past ayollardan ko'ra dunyoga, hayotga real ko'z bilan baho bera olarkan. Bunday ayollar zamonaviy tendensiyalar va haqqoniylik bilan o'z hayotlari va oilalarini kelajagini qura oladilar. Ular turmush o'rtoqlariga, farzandlariga to'g'ri yo'nalishlarni bera olish qurbiga ega bo'ladilar. Eng kamida bunday ayollar o'z sog'liqlariga va oila sog'ligiga katta e'tibor  bera oladilar.
Ilmli, aqlli ayollar qorin g'amidan, uydagi mebel, idish-tovoq, latta-putta kabi mayda narsalardan yuqori  turadilar. Ular mo'ljalni juda yuqori oladilar va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini qila oladilar. Bunday ayollar o'z farzandlariga kitob tutqazadilar va ilm-fanga yo'naltiradilar.
Har qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi, deb bejizga aytilmagan. Intellekti yuqori ayol, albatta, buyuk farzandlarni kamolotga erishtiradilar. Otadan qon, jism o'tsa, aql taffakkur ko'proq onadan o'tadi. Shuning uchun, ilmli, imonli ayollarga uylanish maqsadga muvofiqdir.
Intellektual o'tkir bilimga ega, aql-farosatli ayollar o'z hayot yo'llarini topib keta oladilar. Nima uchun Intellektuallar o'zlariga juda iqtidorli, intellekti kuchli ayollarni tanlaganlar. Chunki ular biladilar, faqat kuchsiz odamlar o'zlaridan ham kuchsizlarni tanlashlarini, ular o'zlariga mos va xos, zamon bilan hamnafas yuruvchi juftni bejizga tanlamaganlar. Chunki,  bunday kuchli odamlarga faqatgina shunaqa kuchli ayollargina ilhom bera oladilar.
Xo'sh bizdachi? Ko'rib chiqamiz. Bizda esa qizlarimizga yoshligidan ovqat qilish, tikish-bichish, soch turmaklash, o'z hayotini qurbon qilish yo'llarini o'rgatadi. Tendensiyalar qanchalik o'zgarmasin, dunyo qanchalik o'zgarmasin, dunyo qancha taraqqiyotga qadam qo'ymasin, bizdagi qarashlar haliyam XV asrdagi ahvolda. "Bo'lmasa ersiz qolasan va tamomsan" prinsiplari ustunligicha qolmoqda.
Dunyo ayolining bo'g'irsoq pishirishni bilishi shart emas, balki uning tafakkuri va professionalizmiga hayratlanadi.
O'zingizning   iste'dodlaringizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi g'oyalaringizni amalga oshirishdan hech qachon qo'rqmang, eski stirotiplardan baralla voz keching. Kir yuvish ovqat qilish, pardoz-andoz qilishni istagan paytda o'rganib olish mumkin, ammo miyani bilimga, taffakurga va ko'nikmalarga to'ldirishga keyin kech bo'lish mumkin.  
Sadaf   Toshpo'latova,
40-maktab psixologi.
Мавзуга оид: