Adliya xabarlari "Biznes himoya" QR-kodi joriy etilishi belgilandi

Joriy yilning 17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 63-son farmoni qabul qilindi.  Ushbu farmonni qabul qilish maqsadi etib tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qo‘yish, korrupsion xavflarni kamaytirish, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotda shaffoflik va hisobdorlikni ta'minlash, shuningdek, qulay biznes muhitini rivojlantirish belgilangan. 

Mazkur farmonda, 2026-yil  1-iyuldan boshlab amaldagi funksiyalariga qo‘shimcha ravishda quyidagi yangi imkoniyatlarga ega "Yagona davlat nazorati" axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushirilishi belgilandi. Buning natijasida: tadbirkorlik sub'ekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida ma'lumot olish va ularga murojaat qilish; 

o‘tkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar natijasi bo‘yicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish, tekshirish huquqi bo‘lmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;

tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish, tekshirish o‘tkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash;

tekshiruvlarni tadbirkorlik sub'ektidagi maxsus QR-kod yoki soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami) orqali ro‘yxatga olish, tadbirkorlik sub'ekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi, kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, farmonda  2026-yil 1-avgustdan boshlab:

nazorat qiluvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xodimlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchisi) hamda tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida hisobga olish tartibi;

"Yagona davlat nazorati" axborot tizimida tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini ro‘yxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni ta'minlovchi "Biznes himoya" QR-kodi joriy etilishi belgilandi.


                                                           M.Shukurov,

Ishtixon tuman adliya bo’limi YXKM xodimi.