TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH DOLZARB VAZIFA
Yaqinda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i S.Ortiqova ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda "Oqdaryo ovozi" gazetasi bosh muharriri Yo'lchi Muhammadiyev, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.
Prezidentimiz topshirig'i asosida maktablarda 2 ta xorijiy tilni o'qitish borasida 22-IDUMda ingliz va nemis tillarni, 45-IDUMda ingliz va koreys tillarni o'qitish o'tkazilgan so'rovno-malar asosida rejalashtirilmoqda. Yurtboshimiz 2 ta xorijiy tilni o'qitish barobarida maktablarda kasb-hunar o'rgatish ishlarini ham yo'lga qo'yishni vazifa etib belgilagan. Bu borada 6,20,15,32,41-maktablarda tikuvchilik, dorivor o'simliklar yig'uvchi, issiqxona ishchisi, ayollar sartaroshi, duradgorlik, kulolchilik, santexnik, oshpazlik, ko'rpacha tikish va qavish, parda tikish kabi kasb-hunar o'rgatish ishlari amalga oshiriladi.
Tumandagi o'quvchilarning qiziqishlariga qarab maktablarda 14 ta baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, badiiy havaskorlik yo'nalishlarida to'garaklar tashkil etilib, ularga 629 nafar o'quvchilar qamrab olinganligi alohida ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, yana bir dolzarb vazifalardan biri bu yil maktab bitiruvchilarining oliy ta'limga qamrovi qanchaga o'sishi va bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2022-2023 o'quv yilda 1713 nafar 11-sinf bitiruvchilari ta'lim-tarbiya olishmoqda. Hozirgi kunda ularni OTMlarga jalb qilish ishlari dolzarb masalalardan biri bo'lib, har bir ta'lim muassasasida doimiy faoliyat yuritib boruvchi "Abituriyentlar shtabi" tashkil etilgan. "Abituriyentlar shtabi" ma'sul xodimlari tomonidan doimiy ravishda "Oliy maktab akademiyasi" NTM bilan hamkorlikda bitiruvchi o'quvchilar orasida diagnostik test sinovlari, "Registon "o'quv markazi tomonidan ONLAYN test sinovlarilar o'tkazilib boriladi. Kelgusida bitiruvchilardan 731 nafarini OTMlarga o'qishga kiritish va qamrab olish darajasini 42,7% dan yuqoriga ko'tarish uchun harakatlar qilinmoqda.
Anjuman ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'idan javoblar olishdi.

#Matbuot_anjumani
- 20 апр, 12:28

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

MATBUOT ANJUMANI
- 25 янв, 13:17