Oʼzbekistonliklarni 1 yanvardan qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
Bukmekerlik faoliyatini legallashtirish, ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish, chiqindilarni olib chiqish boʼyicha qarzdorlik uchun sanktsiyalarni bekor qilish – qonun hujjatlariga ushbu va boshqa oʼzgartirishlar kelgusi yildan kuchga kiradi.
1-yanvardan o‘zgarishi kutilayotgan yangiliklar borasida Norma.uz quyidagilarni nazarda tutmoqda:
Bukmekerlik faoliyatini legallashtirish
Oʼzbekistonda internet orqali tavakkalchilikka asoslangan oʼyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Internetda lotereyalar, oʼyinlar tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish ushbu faoliyatni tartibga solish va litsenziyalash boʼyicha vakolatli organ tomonidan belgilangan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshirilishi mumkin boʼladi.
Elektron bilaguzuklarni joriy etish
Uy qamogʼi ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qoʼllanilgan shaxslarning bilaguzuk taqishi amaliyoti kelgusi yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi.
BHMS va MHXS boʼyicha tayyorlangan moliyaviy hisobotning yangi shakllari joriy etilmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari, ularning tarkibi va mazmuni toʼgʼrisidagi nizom kuchga kiradi (2024 yil uchun moliyaviy hisobot yangi qoidalar boʼyicha taqdim etiladi).
Nizom moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini belgilaydi:
• BHMS boʼyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay. Ilgari moliyaviy hisobot 15 fevraldan kechikmay taqdim etilgan;
• MHXS boʼyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay.
Аholi farovonligini oshirish boʼyicha yangi chora-tadbirlar
Kam taʼminlangan oilalarning bolalariga nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarning rasman band boʼlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʼzini oʼzi band qilganda, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni toʼlash muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan koʼp boʼlmagan muddatda davom ettiriladi.
Shuningdek, MHEKMning 1,5 baravaridan kam boʼlmagan oylik ish haqi bilan band boʼlgan, Kambagʼal oilalar reestriga kiritilgan oila aʼzosiga 3 yil davomida 1% stavka boʼyicha ijtimoiy soliq toʼlanadi.
Tibbiy faoliyat uchun litsenziya talablari oʼzgartirilmoqda
Nodavlat tibbiyot muassasalarida operatsion boʼlimlar tashkil etilganda ular shtatida:
• mutaxassisligi boʼyicha kamida birinchi malaka toifasiga ega boʼlgan jarroh va anesteziolog-reanimatolog;
• jarrohlik ixtisosligi boʼyicha malaka toifasiga ega boʼlgan yordamchi shifokor;
• birinchi malaka toifasiga ega boʼlgan anesteziologiya-reanimatologiya va operatsiya boʼlimi hamshirasi.
Operatsiya va reanimatsiya xonalarida video va audio yozuvlar kameralari oʼrnatiladi. Yozuvlar ularning maxfiyligi va shifokor siri taʼminlangan holda bir yil mobaynida saqlanadi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Yosh xodimlar uchun ijtimoiy soliq toʼlanmaydi
Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʼlangan ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan qoplab berilgan imtiyoz bekor qilinmoqda.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilmoqda
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarini mehribonlik uylari va bolalar uylariga vaqtincha qabul qilish toʼxtatiladi. Shu bilan birga, hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlar tomonidan «Kambagʼallikdan farovonlikka» dasturi doirasida oilalarni kambagʼallikdan chiqarish choralari koʼrilmoqda.
Poytaxtda havo monitoringini amalga oshirish boshlanadi
Ekologiya vazirligi va poytaxt hokimligi Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stantsiyalarni oʼrnatish ishlarini boshlaydi.
Kambagʼal oilalar uchun imtiyozlar
Kambagʼal oilalarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.
Turizm sohasidagi kompensatsiyalar
Faoliyati boshlanganidan 3 yildan koʼp boʼlmagan turoperatorlar uchun xalqaro turistik yarmarkalar va koʼrgazmalarda pavilьonni ijaraga olish xarajatlarining 50 foizi byudjetdan tashqari Turizmni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplanadi.
Hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va koʼrgazmalarida pavilьonlarni ijaraga olish, ular tomonidan koʼrsatiladigan mahsulotlar va aviachiptalarni tashish xarajatlarining 50 foizi Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplanadi.
Toʼsiqsiz muhitni yaratish boʼyicha yangi talablar
Taʼlim xizmatlari, bank, tibbiyot, farmatsevtika faoliyati va kredit byurosi faoliyati sohasida litsenziya berish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida nazorat boʼyicha inspektsiyaning obʼektda nogironligi boʼlgan shaxslar uchun toʼsiqsiz muhit yaratilganligi toʼgʼrisidagi xulosasi talab etiladi.
Chiqindilarni olib chiqib ketish boʼyicha qarzdorlik uchun sanktsiyalar
Chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish boʼyicha xizmatlar uchun haq toʼlanmagan taqdirda abonentlardan elektr energiyasi uchun toʼlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash joriy etiladi. Cheklov respublikaning barcha hududlarida chiqindilarni olib chiqib ketish boʼyicha oylik qarzdorlik uchun joriy etiladi.
Tuman poliklinikalarida yangi shtat birliklari joriy etilmoqda
Tuman (shahar) koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarida sogʼliqni saqlash tizimida maqbullashtiriladigan shtat birliklari hisobiga shtat birliklari joriy etiladi:
• onkologik nazorat xonasi uchun akusher-ginekolog shifokori;
• mobil va statsionar mammograflar ishini ikki smenada tashkil etish uchun rentgen laborantlari.
Tadbirkorlarni himoya qilish choralari kuchaytirildi
Keyingi yildan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:
• jismoniy shaxs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʼyxatidan oʼtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar;
• maʼmuriy javobgarlik:
– fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
– qonun hujjatlarida majburiy raqamli markirovkalash belgilangan ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
– xodimlar sonini yashirish.
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyati boʼyicha oʼtkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida roʼyxatdan oʼtish orqali biznes-ombudsmanga xabar berish tartibida amalga oshiriladi.
Davlat muassasalarida tavakkalchilik boʼyicha qoʼmitalar tashkil etiladi
Qoraqalpogʼiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʼlgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda tavakkalchiliklarni boshqarish qoʼmitalari tashkil etiladi. Bunda ushbu tashkilotlarning ichki audit xizmatlari ham qoʼmitalarning ishchi organi hisoblanadi.
Pedagoglarga qoʼshimcha ustamalar toʼlash
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida ona tili, adabiyot va tarix fanlari boʼyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida tegishli darajadagi sertifikatga ega boʼlgan va ushbu fanlarni oʼqitadigan pedagog kadrlarga tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik qoʼshimcha ustama toʼlanadi.
Аyrim soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda
Moliya yili davomida qabul qilingan va byudjet daromadlarini kamaytirishni, soliq va bojxona imtiyozlarini berishni, shuningdek soliq boʼlmagan tushumlardan byudjetga ajratmalarni kamaytirishni nazarda tutuvchi normalar keyingi moliya yilidan boshlab amalga kiritiladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
• yagona tariflar boʼyicha yoʼlovchi tashish xizmatlari aylanmasi uchun, shuningdek, yagona ishtirokchisi nogironligi boʼlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʼlgan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun QQS boʼyicha imtiyozlar;
• yangi bogʼlar, tokzorlar va tutzorlar barpo etilgan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼini toʼlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar. Ushbu yer uchastkalari boʼyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Jahon brendlari roʼyxati shakllantirilmoqda
1 aprelgacha SSP quyidagilarni shakllantiradi va eʼlon qiladi:
• xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida birinchi 500 oʼrinni egallagan mashhur xalqaro brendlar roʼyxati;
• milliy brendlar roʼyxati ikki bosqichda:
– I – Аdliya vazirligi va Soliq qoʼmitasi bilan birgalikda barqarorlikning yuqori va oʼrta reytingiga ega boʼlgan 12 ta sanoat yoʼnalishida roʼyxatdan oʼtgan tovar belgilari roʼyxatini shakllantiradi;
II – roʼyxatga kiritilgan tovar belgilari boʼyicha milliy konsalting kompaniyalarining tadqiqotlari, ushbu tovar belgilarining OАV, internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi, ular haqidagi soʼrovlar soni, aholi oʼrtasida oʼtkazilgan ijtimoiy soʼrovlar tahlili natijalari asosida milliy brendlar roʼyxatini shakllantiradi va eʼlon qiladi.
Davlat poezdda tashishdagi zararlarni qoplaydi
Mahalliy yoʼnalishlarda poezdlarda yoʼlovchi tashish xizmatlarini koʼrsatishdan koʼrilgan zararlar (yuqori tezlikda va tezyurar poezdlarda yoʼlovchi tashish bundan mustasno) davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Lomni sotish faoliyati uchun litsenziya tartibi joriy etiladi
Qora va rangli metallar lomi hamda chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish, shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʼyicha faoliyatning litsenziyalash tartibi joriy etiladi.
Tadbirkorlar qurilish ishlarini autsorsing asosida texnik nazoratga jalb etiladi
Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (taʼmirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha taʼlim va sogʼliqni saqlash muassasalari obʼektlarida qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini autsorsing asosida texnik nazorat qilish xizmatlarini koʼrsatishga tadbirkorlik subʼektlarini jalb etishga ruxsat berildi.
Farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilishning markazlashtirilgan tartibi
Barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashtirilmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish bosqichma-bosqich markazlashtirilgan tartibga oʼtkaziladi.
Kadrlar tayyorlash kvotasini shakllantirish tartibi oʼzgartiriladi
Davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash kvotasi nodavlat oliy taʼlim muassasalariga ularning reytingdagi pozitsiyasiga koʼra ajratiladi. Shuningdek, taʼlim sohalari kesimida oliy taʼlim tashkilotlari reytingi yuritiladi.

Мавзуга оид:
NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29
QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21