Ishsizmisiz? unda pensiyangiz to'grisida bilib olganingiz yaxshi

O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq:
Erkaklar - 60 yoshga, ayollar - 55 yoshga to'lganda to'liq va mehnat staji kamida 7 yil bo'lganda to'liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo'yilgan.
Ishsiz fuqarolar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4742-sonli Qarorda belgilangan 78 turdagi  mehnat faoliyati bilan shug'ullansa hamda o'rnatilgan tartibda o'zini-o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (330 ming so'm) miqdorida ijtimoiy soliq to'lovini to'lasa, 1 yil mehnat stajiga ega bo'ladi.
Demak, ishsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg'armasiga ijtimoiy soliq to'lovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega bo'ladi.
Hozirgi kunda, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda - oyiga 535 000 so'mni tashkil etadi.
Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog'liq.
Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko'p to'lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo'ladi. 
B.Norqulov,
Pensiya jamg'armasi tuman bo'limi boshlig'i.