SIZGA NIMA BO'LYAPTI, AYOLLAR?

- "Xo'jayinim bilan aytishib qoldim. Turmush o'rtog'imga ichayapsiz, chekayapsiz desam, chidab bo'lmaydigan so'zlar bilan haqorat qildi. Shunga jahlim chiqib turgan payt, bolam yonimda aya, aya deyaverdi, alamimni undan olib, urib tashladim", - deydi ayol.
5 nafar farzandning onasi o'sha vaqtda depressiya holatida bo'lgani va bu ishdan pushaymonligini bildirdi. Undan avval kasalxonada yotgan ayol bolasini kaltaklagani va o'z bolasini parkka olib borib, ayiq yotgan qafasga tashlagan ayol haqidagi vahimali voqeani eshitgan edik. O'z bolasini sotgan ayollar va boshqa shu kabi mudhish holatlar ko'plab takrorlanayotganligi ham juda ayanchlidir. Kimdir eriga achchiq qilib, kimdir stress holatida, kimdir yetishmovchilik tufayli bunday qabihliklarga qo'l urdi. Bu axir jinoyat emasmi, qolaversa, bu ayollarning har qaysisi eng avvalo muqaddas nomga ega bo'lgan ona-ku. Ona har qanday holatda ham o'zining jonini xatarga qo'ysa-da o'z farzandini har qanday xavf-xatardan asrab-avaylaydi. Hattoki, hayvonlar ham o'z bolasi uchun jonini fido qiladi.
Shunday ekan, ona-tabiatning eng oliy jonzodi hisoblangan va eng yuksak ta'riflarga mansub bo'lgan ONA degan ulug' nomga aslo dog' tushurmaylik!
Shukrona.
Мавзуга оид:

ХALQ MANFAATI - BOSH MEZON
- 30 авг, 13:28

Mutaxassis ogohlantiradi
- 27 окт, 11:57

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00