Jinoyat va jazo SO'NGGI PUSHAYMON O'ZINGGA DUSHMAN
Sudlanuvchi Muxtorov Bektosh (ismi sharifi o'zgartirilgan) 2022-yil aprel oyining o'rtalarida o'zi yashab turgan Oqdaryo tumani "Yangihayot" mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli "Yangiqo'rg'on" qishlog'ida joylashgan yashash uyining old tomon hovlisidagi 17x30 metr o'lchamdagi 510 m2, ya'ni o'rtacha kattalikdagi ekin maydoniga qonun bilan taqiqlangan, tarkibida giyohvand modda-tetragidrokannabinol mavjud bo'lgan 153 tup "kannabis" giyohvandlik o'simligini ekib, parvarishlab kelgan. Shuningdek, yashash uyining orqa tomon hovlisidagi 13x17 metr o'lchamdagi 221 m2 hajmdagi ekin maydoniga 97 tup, umumiy hisobda uyining hovlisidagi 731 m2 o'rtacha kattalikdagi ekin maydoniga jami 250 tup "kannabis" giyohvandlik o'simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab, yetishtirib kelgan.
Bundan tashqari, sudlanuvchi B. Muxtorov kelgusida ko'p miq-dordagi giyohvandlik vositalarini o'tkazish maqsadini ko'zlab, o'zi yashab kelayotgan "Yangiqo'rg'on" qishlog'ida joylashgan yashash uyining qurilishi tugallanmagan hammomida quruq holdagi sof og'irligi 160 grammga teng bo'lgan ko'p miqdordagi "marixuana" giyohvandlik vositasi va 3228 grammga teng bo'lgan quruq holdagi o'tkir hidli kannabis giyohvandlik o'simligiga o'xshash o'simlik qismlarini yashash uyining devor atrofiga saqlab kelayotganligi 2022-yil 8-sentyabr kuni DXX Oqdaryo tuman bo'limi va Oqdaryo tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tintuv tergov harakati davomida aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Sud majlisida sudlanuvchi tariqasida so'roq qilingan Muxtorov Bektosh o'zining ko'rsatuvida, aybiga to'liq iqrorlik bildirib, quyidagilarni bayon qildi. U taxminan ikki yillardan buyon "marixuana" giyohvandlik vositasini sigaretga qadoqlab, chekish yo'li bilan iste'mol qilib kelganligini, u ushbu giyohvandlik vositasini iste'mol qilishga o'rganib qolganligini aytdi. 2020-yilda "marixuana" giyohvandlik vositasini u birinchi marotaba Oqdaryo tumani, "Yangihayot" mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli, "Yangiqo'rg'on" qishlog'ida yashagan 1976-yilda tug'ilgan "Zohid" ismli shaxs bilan birga uning uyida chekish yo'li bilan iste'mol qiladi. Shu vaqtlarda u "Zohid"dan kelgusida o'zini iste'mol qilishi uchun ekib yetishtirish maqsadida giyohvandlik o'simligini urug'idan oladi. 2021-yil noyabr yoki dekabr oylarida "Zohid" mast holatda ko'chada uxlab qolib sovuqdan vafot etadi.
Bektosh "Zohid"dan olgan "kannabis" giyohvandlik o'simligini urug'larini 2022-yil aprel oyini o'rtalaridan boshlab o'z yashash uyining old tomondagi tomorqasiga va orqa tomondagi tomorqaga o'zi ekib, tagiga ishlov berib, parvarishlab keladi. Bundan Bektoshni oila a'zolarini xabari bo'lmaganligini, u ulardan yashirincha "marixuana" giyohvand moddasini chekib iste'mol qilib kelganligini, hozirgi kunda qilgan ishidan chin ko'ngildan pushaymonligini inobatga olib, suddan unga nisbatan qonuniy yengillik berishlikni bildirib bayonot berdi.
Ming afsuski, jinoyat jazosiz qolmaydi. Har bir kishi o'zining qilgan jinoiy ishi uchun albatta qonun oldida javob beradi. Shunga aytishsa kerak-da, "So'nggi pushaymon o'zingga dushman" deb.
Sudlanuvchi Muxtorov Bektoshga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK 59-moddasiga asosan, 5 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

I.Doniyorov,
jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudining raisi.
Мавзуга оид:
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
REKLAMA TO'G'RISIDAGI YANGI QONUN KUCHGA KIRADI
- 31 авг, 10:35
BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21