"Жиноятчиликка қарши кураш" тезкор профилактик тадбир ўтказилди

Samarqand viloyati IIBning “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligini oʻtkazish borasidagi chora-tadbirlar rejasiga asosan, viloyat hududida uyushgan jinoyatchilik va giyohvand vositalarini tarqalishini oldini olish boʻyicha Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan 17 nafar fuqarolarning yashash xonadonlarida tintuv tergov harakatlari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida, Oqdaryo tumani Galaravot MFY Qoraxitoy qishlogʻida yashovchi 1949-y.t. Gʻ.Ch. ning yashash xonadonida paketlar va qoplarda saqlanayotgan taxminan 3 kg oʻtkir hidli, “koʻknori” giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash oʻsimlikning quruq holda saqlanayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Oqdaryo tumani Dahbet shaharchasi “Bozorjoy” MFY, yashovchi 1981-y.t. H.S. ning yashash xonadonidan taxminan 500 gramga teng boʻlgan oʻtkir hidli, “koʻknori” giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash, quruq holda saqlanayotgan oʻsimlik daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi 1990-y.t. J.T. ning yashash xonadonida bir dona elektroshoker qurilmasi mavjud ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirilib olingan.
Oqdaryo tumani “Olchintepa” MFY da yashovchi 1988-y.t. K.U. ning yashash xonadonida ikki dona oʻtkir tigʻli pichoq va bir dona kastet mavjud ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Oqdaryo tumani Dahbet shaharchasida yashovchi 1990-y.t. R.T. ning yashash xonadonida bir dona Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning ruxsatnomasiga ega boʻlmagan diniy mazmundagi kitob mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Olib borilgan tezkor profilaktik tushuntirish ishlari natijasida Oqdaryo tumani Avazali mahallasida yashovchi 1967-y.t. B.Sh. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, marhum qaynotasinig yashash uyini qayta qurilish ishlarida yordamga borganida uyning tom qismidan ehtiyot qilib olib qoʻyilgan ov quroliga tegishli 101 dona 5,6 kalibrli va 53 dona 5,6 kalibrli shovqin chiqaruvchi patronlarni topib olib, oʻz xohishi bilan topshirgan.
Oylik doirasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati