KONSTITUTSIYANING YARATILISH TARIXINI Bilasizmi?

"Konstitutsiya" atamasi Qadimgi Rimdayoq bor edi (imperator kons-titutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo`lgan. Hozirgi zamon konstitutsiyalarga 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831-yilgi Belgiya konstitutsiyasi, 1874-yilgi Shveysariya konstitutsiyasi qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasida birinchi Konstitutsiya loyihasi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilib, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilinib, shu kundan e'tiboran, 8-dekabr - umumxalq bayrami deb e'lon qilingan. O'zbekiston Respublikasida Yangi tahrirdagi konstitutsiya qabul qilingan bo'lib bu o'zgarish 2023-yilning 30-aprelidagi referendumdan so'ng qabul qilindi ( 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan). Hozirgi O'zbekiston Respublikasida Yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 6-bo'lim 27-bob 155- moddadan iborat.
A.Otamuradov,
tuman Adliya bo'limi bosh maslahatchisi.
Мавзуга оид: