Adliya xabarlari ADLIYA BO'LIMINING ARALASHUVI BILAN XODIM ISHGA TIKLANDI

Tuman adliya bo'limi tomo-nidan tuman 1-son kasb-hunar maktabida ombor mudiri vazifasida ishlagan Mirzayev Alijon Abdurahimovichning ishdan noqonuniy ravishda bo'shatil-ganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati ko'rib chiqildi.
Murojaatni o'rganishda bir qator qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.
Aniqlanishicha, A.Mirzayev 1-son kasb-hunar maktab direk-torining 2023-yil 4-yanvardagi 3-kb-sonli buyrug'iga asosan 1 stavka omborxona mudiri lavozimiga ishga qabul qilin-ganligi ma'lum bo'ldi.
Shuningdek, 2023-yil 25-aprelda A.Mirzayev tomonidan sog'ligi bo'lmaganligi sababli o'z arizasiga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni so'ragan.
Shunga asosan, 1-son kasb-hunar maktabi direktorining 2023-yil 25-apreldagi 31-k/b-sonli buyrug'i bilan A.Mirzayev bilan mehnat shartnomasi 2023-yil 25-apreldan Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan bekor qilingan. 
Oqdaryo tuman 1-son kasb-hunar maktabi tomonidan A.Mirzayevning ariza yozgan kunidan keyin ikki hafta muddatni kutmasdan yoki hech qanday kelishuvlarsiz mehnat shartno-masini bekor qilish to'g'risidagi buyruq chiqarib qo'pol qonunbuzilish holatiga yo'l qo'yilganligi ma'lum bo'ldi.
Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi eski tahrirdagi Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqliligi, ogohlantirish muddati tugagandan so'ng xodim ishni to'xtatishga haqliligi, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shartligi belgilangan.
Shuningdek, kasb-hunar mak-tabi direktori Mehnat kodeksining 108-moddasi talablarini buzgan holda A.Mirzayevga mehnat shartnomasi bekor qilinganlik buyrug'i   bilan tanishtirilmagan.
Oqdaryo tuman adliya bo'limining 2023-yil 17-maydagi Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga  olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi №3/68-23-sonli taqdimnomasi ijrosi yuzasidan Oqdaryo tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi direktorining 2023-yil 25-maydagi 51-kb-sonli buyrug'iga asosan A.Mirzayev o'z ish joyiga tiklangan.