TOMORQAGA EKILGAN "KANNABIS"
Sudlanuvchi Turdiyev Jamol (ismi-sharifi o'zgartirilgan), 2024-yil iyun oyining boshlarida o'zi istiqomat qilib kelayotgan Kattaqo'rg'on tuman Olmazor mahallasidagi 58-sonli yashash uyi tomorqasiga ekish va yetishtirish qonun yo'li bilan taqiqlangan, tarkibida giyohvandlik vositalari bo'lgan 8 tup "kannabis" giyohvandlik o'simligini qonunga xilof ravishda qasddan ekib, parvarishlab, yetishtirib kelayotganligi 2024-yil 5-avgust kuni IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tintuv tergov harakati davomida aniqlanib, ashyoviy dalillar prosessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyat IIB EKM 2024-yil 16-avgust kungi 773-sonli xulosasida, J.Turdiyevning yashash uyi hovlisi tomorqasidan ekilgan va parvarishlangan holatda topilgan daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan 8 tup yashil rangli, o'tkir hidli, ho'l holdagi o'simliklarning 2 tupida tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu o'simliklar "kannabis" giyohvandlik o'simliklar turiga kirishligi, 6 tupi biologik jihatdan yetilmagan kannabis giyohvandlik o'simlik turiga kirishligi ko'rsatilgan.
Sudlanuvchi Turdiyev Jamolga O'zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
F.SALOMOV,
jinoyat ishlari bo'yicha Kattaqo'rg'on
tuman sudining sudyasi.
AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14
GIYOHVANDLIKDAN HECH KIM "SUG'URTALANMAGAN"
- 28 фев, 14:11
Jinoyat va jazo SO'NGGI PUSHAYMON O'ZINGGA DUSHMAN
- 01 фев, 14:01
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30