GIYOHVANDLIKDAN HECH KIM "SUG'URTALANMAGAN"

Yaqin-yaqingacha jamiyatimiz giyohvandlik kabi dahshatli illatdan qattiq "sug'urtalangandek" tuyulardi, "oq o'lim" koproq g'arb mamlakatlarida kuzatilgan. Ammo so'nggi paytlarda matbuotda o'smirlar va yoshlar o'rtasida giyohvandlik, giyohvandlik holatlari haqida maqolalar ko'payib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biri giyoh-vandlikdir. Obod vatanimizda bu jirkanch illatga qarshi keskin choralar ko'rilishi haqida qonunlarimizda belgilab qo'yilgan. Giyohvandlikka ro'ju qo'yganlar quyidagi illatlarga chalinadilar. 
Birinchidan, giyohvand kishi o'z sog'ligidan ayriladi. Ikkinchidan, ularning farzandlari nogiron tug'iladi. Uchinchidan, oilasidagi bor bisotidan ayrilib, oilaviy tinchligi buziladi, oila porokandalikka yuz tutadi. To'rtinchidan, yurt va jamiyat tinchligi va farovonligiga katta zarar yetkazadi. Beshinchidan, alal oqibat manqurtga aylanadi va tubsiz jarga qulaydi, ikki dunyoda ham najot topmaydi. 
Giyohvandlik ufqda ko'rinmaydigan oq bulutga o'xshaydi, lekin ko'pchilik allaqachon uning kuchli va dahshatli yomg'iriga tushib qolgan va epidemiya qonunlariga ko'ra tarqalmoqda: bir giyohvand bir yilda 10-15 kishini giyohvandlikka jalb qiladi. Giyohvandlarning har beshinchi qismi voyaga yetmaganida giyohvandlikka aralashgan.
Insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho'qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug'diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo'liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo'lganlar tashkil etmoqda. Giyohvand moddalar - bu ruhiy holatning o'zgarishiga olib keladigan birikmalar. Turli xil tabiiy va sintetik moddalar organizmga narkotik ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha odamlar giyohvand moddalar haqida gapirganda, ular geroin, kokain, afyun va boshqalarni nazarda tutadi. Ularning aksariyati alkaloidlar sinfiga kiradi. Masalan, ko'knorining turli navlaridan olinadigan 20 dan ortiq alkaloidlar ajratiladi: morfin, narkotin, papaverin, kodein va boshqalar. Alkaloidlar o'simlik va hayvonlardan olinadigan azotli asoslar bo'lib, hayvon organizmiga kuchli fiziologik ta'sir ko'rsatadi. 
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, giyohvand moddalarga qaram insonlar 4-5 yildan oshiq umr ko'rmaydilar. Ularning ko'pchiligi giyohvand moddalarning iste'mol miqdorini oshirib yuborishdan halok bo'lishadi. Sababi organizmda giyohvand moddaning ta'sir kuchi tugasa, yana xumor tutadi va nashavandning a'zoyi badani chidab bo'lmas darajada qaqshab og'riydi. Bu og'riq tananing har bir hujayrasida uchraydi. Xuddi suyaklar sinib, paylar uzilib ketayotgandek bo'ladi va bu og'riqlarning oxiri o'lim bilan yakun topadi.
Giyohvand moddani haddan tashqari ko'p iste'mol qilish oqibatida bosh miyadagi nafas olish tizimi faoliyatini boshqaradigan markaz to'xtab, o'pka shishadi. Bu holatda bemorga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilmasa u vafot etadi. Shuningdek, giyohvand kishilarning immuniteti ham pasayib ketadi. Narkotik moddani tomir orqali qabul qilish natijasida teri absesslari, flebit (venaning yallig'lanishi) vujudga keladi. Bemorlarning jinsiy faoliyati susayadi. O'tkir psixozlar (o'z joniga qasd qilish) sababli giyohvand shaxsning hayoti xazon bo'ladi.
Ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko'ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi yanada achinarli holdir. BMT va boshqa xalqaro miqyosdagi nufuzli tashkilotlar chiqargan bir qator normativ hujjatlarda giyohvand vositalar bilan bog'liq cheklovlarning davlat miqyosida amalga oshirilishi e'tirof etilgan va bu talablar O'zbekiston qonunchiligida ham o'z aksini topgan. Umuman olganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha huquqiy islohotlarning bosh maqsadi inson va uning manfaatlarini har tomonlama ta'minlashga qaratilganidadir.
Giyohvand moddalar og'ir bemorlarga og'riq sezmasliklari uchun azoblarini yengillashtirish uchun beriladi. Ammo giyohvandlik vositalarida tananing hiyla-nayrang xususiyati tezda ularga ko'nikadi va yangi dozalarni talab qila boshlaydi. Shu bilan birga, odam, masalan, kuchli tashnalik bilan bir xil azob-uqubatlarni boshdan kechiradi.
Giyohvand odamni shunday tasvirlaydi: "Derazalari panjarali kasalxona xonasida qurigan odam karavotga urildi. Uning tanasi talvasalar bilan urilib, burishardi. U katta ter tomchilari bilan qoplangan". Giyohvandlik uchun eng noqulay yosh 14 yoshdan 25 yoshgacha, garchi giyohvand moddalarga nisbatan ancha oldinroq bo'lgan holatlar mavjud. Bunga asosan chekish, ichish, giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish yordam beradi. Giyohvand moddalarni iste'mol qilishga kirishish ko'pincha do'stlar, tanishlar ta'siri, bo'sh vaqtini tashkil eta olmaslik tufayli yuzaga keladi.
Giyohvand bemor davolanmasa va keyinchalik uning turmush tarzini o'zgartirmasa, uning tanasi juda tez parchalana boshlaydi, CAHEXIA (charchoq) deb ataladigan narsa, shaxsiyatning parchalanishi, degradasiya sodir bo'ladi, bu esa oxir-oqibatda o'limga olib keladi. Ayrim yomon odatlarni iroda, odob kabi fazilatlar bilan yengib o'tish mumkin. Lekin giyohvandlik, aroqxo'rlik, kashandalik kishilarning o'zaro birlashib bu illatlarga qarshi kurashishlarini talab qiladi.
Shu obod vatanda yashayotgan har birimiz farzandlarimiz, yoshlarimizni bunday jirkanch illatlarning to'riga tushib qolmasligi uchun ogoh va mas'ul bo'lishimiz shart.
Odil Qamarov,
narkolog vrach.