QANDAY HOLATLARDA ISH BERUVCHI MAJBURIY TARTIBDA ISH HAQI SAQLANMAGAN HOLDA TA'TIL BERADI?

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  242-moddasiga ko'ra xodimning xohishiga ko'ra:  

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga - har yili o'n to'rt kalendar kungacha;

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga - har yili o'n to'rt kalendar kungacha;

ikki yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;

o'n ikki yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxsga) - har yili o'n to'rt kalendar kungacha ish haqi saqlanmaydigan ta'til majburiy tartibda beriladi.

Qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  12-moddasiga ko'ra Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

jamoa kelishuvlari;

jamoa shartnomalari;

ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;

ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o'z vakolatlari doirasida yakka o'zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.


S.Abdullayev,

tuman adliya bo'limi yuridik xizmat

 ko'rsatish markazi boshlig'i.