OG'UFURUSHGA JAZO MUQARRAR

Bundan tashqari, sudlanuvchi X.Kattayev o'zining jinoiy hatti-harakatlarini davom ettirib, 2024-yil 26-yanvar kuni soat 12:00 da "Marinelli" yozuvli shisha banka idishga joylab, o'zida saqlab kelgan marixuana giyohvandlik vositasini, ko'p miqdorda bo'lgan 27,9 grammini Oqdaryo tuman "Bozorjoy" mahallasi hududida tanishi A.E.ga 500.000 so'mga qonunga xilof ravishda sotgan.
Shuningdek, 2024-yil 27-yanvar kuni soat 13.00 da X.Kattayevning Oqdaryo tuman "Bozorjoy" mahallasi hududida joylashgan uyi ko'zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadini ko'zlab, hovlisidagi yer ostiga ko'mib saqlab qo'ygan 34,11 gramm ko'p miqdordagi "marixuana" giyohvandlik vositasi va tezkor tadbirda ishlatilgan 500.000 so'm pullar daliliy ashyo sifatida olinganligi sababli, ko'p miqdordagi giyohvandlik vositasini sotish jinoyatini o'ziga bog'liq bo'lmagan holatda oxiriga yetkaza olmagan.
Sudda sudlanuvchi Kattayev Xurshid sukut saqlab, ko'rsatma berishdan bosh tortgan bo'lsada, muzokara so'zida qilgan ishidan chin ko'ngildan pushaymon, qo'yilgan aybga to'liq iqror ekanligini bildirdi. U haqiqatdan ham 2024-yilning 26-yanvar kuni tanishi E.A.ga giyohvandlik vositasini sotganligi va ushbu giyohvandlik vositasini ekib yetishtirganligi rost ekanligi, 2024-yil 27-yanvar kuni advokati ishtirokida bergan ko'rsatmalari bor haqiqat ekanligi, 4 nafar farzandi borligini, ilgari sudlanmaganligini, 2024-yil 27-yanvar kuni uyidagi marixuana giyohvandlik vositasini va daliliy ashyo sifatida berilgan pullarni o'z xohishi bilan chiqarib berganligini inobatga olib yengillik berishni so'rab ko'rsatma berdi.
Sudlanuvchi Xurshid Kattayevga O'zbekiston Respublikasi JK 59-moddasi tartibida, jazolarni qisman qo'shish yo'li bilan, uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sardor ABDUSALOMOV,
tuman prokurorining katta yordamchisi.
Мавзуга оид:

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Jinoyat va jazo SO'NGGI PUSHAYMON O'ZINGGA DUSHMAN
- 01 фев, 14:01