Adliya xabarlari MILLIY HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA HAMDA MASOFADAN TURIB ONLAYN RASMIYLASHTIRISH IMKONIYATI MAVJUD

Hozirda faqat IIBB YHXB bo'limlari orqali emas, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ariza berish yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish orqali ham yangi namunadagi guvohnoma olish imkoniyati yaratilgan.
Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar tomonidan haydovchilik guvohnomasiga uydan turib, YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza berilganda pochta orqali yetkazib berishi xizmatini ham tanlash mumkin.
Bunda BHMning 70 foizi miqdorida yig'im hamda pochta xizmati uchun (yetkazib berish tanlanganda) to'lov amalga oshiriladi.
Pochta xizmati tomonidan tanlangan manzil bo'yicha guvohnoma yetkaziladi va xodim tomonidan ariza beruvchidan tegishli hujjatlar olib qolinadi. 
Yetkazib berish imkoniyatidan foydalanilmagan taqdirda ariza yuborilgan Davlat xizmatlari markaziga bevosita kelib guvohnomani olish mumkin.
Vazirlar mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi "Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`grisida" 152-son qarori ijrosini ta`minlash, shuningdek fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning yanada ixcham shaklini yo`lga qo`yish maqsadida milliy haydovchilik guvohnomalarini endilikda Oqdaryo tuman Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi orqali berish yo`lga qo'yilgan.
Haydovchilik guvohnomalarini berishning quyidagi tartibi o`rnatilgan. Unga ko`ra; -eski namunadagi haydovchilik guvohnomani yangisiga almashtirish, birinchi marta haydovchilik guvohnomasini berish hamda haydovchilik guvohnomasiga toifa qo`shish Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan tizimdagi ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi haqidagi ma`lumotlar tizimda mavjud bo`lmagan hollarda YHXX hududiy bo`linmalarining elektron shakldagi ma`lumoti asosida yangi guvohnoma chop etib beriladi:
- yangi namunadagi guvohnoma berishda imtihondan o`tganligi to`g`risida sertifikat, so`rovnoma va eski guvohnoma (toifasi o`zgargan hollarda), eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirib beriladi.
- haydovchilik guvohnomasi yo`qotilgan hollarda Markazlar tomonidan YHXX hududiy bo`linmalarining elektron shakldagi ma`lumoti asosida fuqaroga haydovchilik guvohnomasi chop etib beriladi.
- Haydovchilik huquqidan mahrum qilingan muddat tugashi muno-sabati bilan fuqaroning olib qolingan guvohnomasini qaytarish YHXX hududiy bo`linmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
S.Salohitdinov,
 tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori.