YETIM BOLALARNING HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA

Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar farzandlari, jumladan, chin yetim, nogironligi bo`lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko'rsatish, ularning manfaatini himoya qilishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. 
Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrida "Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 739-son qarori qabul qilingan. 
Qarorga ko'ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar ta'lim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sog'lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek, OTMda ta'lim-tarbiya oladigan muddatda to'liq davlat ta'minotida bo'lishi belgilangan.
Bundan tashqari, ta'lim muassasalarida o'quvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida  pul mablag'lari to'lanadi. To'liq davlat ta'minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo'ladi. 
Davlat ta'minotida bo'lgan bolalarga ta'lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari, yo'l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari  miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi. Qarorga ko'ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar ta'lim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sog'lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek, OTMda ta'lim-tarbiya oladigan muddatda to'liq davlat ta'minotida bo'ladi.
Shu bilan birga, ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan va to'liq davlat ta'minotida bo'lgan bolalar uchun bolalar shaharchasi maqomini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, ularda ta'lim-tarbiya jarayonini, ushbu muassasalar xodimlarining hamda bunday muassasalarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning huquq va majburiyatlari belgilab berildi.
             D.Ashurov,
              tuman adliya bo'limi boshlig'i.