ZAXM KASALLIGIDAN SAQLANING

Zахм (SIFILIS) - bu shu kasallik bilan og'rigan kasal odamdan sog'lom odamga turli yollar orqali yuqishi natijasida bemor organizmida intoksikatsiyalar bilan o'tkir boshlanib, juda og'ir, to'grilab bo'lmas asoratlarga olib keluvchi va keyinchalik surunkali turga o'tuvchi yuqumli teri-tanosil kasalligidir. Kasallik qo'zg'atuvchisi kasal odamdan sog'lom odam organizmiga tushgandan keyin  bemorda limfatik  tugunlar   yallig'lanishi va uning asta-sekin organizm bo'ylab keng tarqalishi natijasida turli intoksikatsiyalar hamda asoratlar berushi kuzatiladi.

Zaxm kasalligi qo'zg'atuvchisi bu "blednaya treponema" mikroblarii bo'lib, ular zanjirsimon tuzilgan shaklda bo'ladi. U teri va qon orqali organizmga tushgandan so'ng odamning limfatik tugunlarida yalliglanish jarayonlari rivojlanadi. 

Kasallikning yuqish yo'llari. Zaxm kasalligi asosan jinsiy yo'llar orqali, qon orqali va maishiy kontakt orqali shu kasallik bilan og'rigan kasal odamdan va uning buyumlari orqali sog'lom odamga yuqishi mumkin. Kasallikning eng yuqumli davrlarida hatto ayol sutida ham kasallik qo'zg'atuvchisi topilgan. 

Undan tashqari, shaxsiy gigienaga amal qilmay oilasidagi katta yoshli qarindoshlari yoki begonalarning ich kiyimlarini kiyish, tish chо'tkasi, ustara, qosh tergich, lab bo'yog'I va boshqa shaxsiy parvarish buyumlaridan foydalanish, o'pishib ko'rishish holatlarida ham  kasallikni yuqtirish mumkin. 

Kasallik qo'zg'atuvchisi stomatologiya xonalari, sartaroshxona, ayollar salonlari, tibbiy muas-sasalarda sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilmaganda ushbu jarayonlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar yetarlicha to'liq sterillanmasa va sog'lom odamga ulardan foydalanganda kasallik yuqish ehtimoli yo'qori bo'ladi.   

Zaxm kasalligi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi davrlarga bo'linadi. Zaxm kasalligining inkubatsion, ya'ni yashirin  davrida   zaxm mikroblari organizmga   tushgandan so'ng bemorda avvaliga hech   qanday o'zgarishlar, og`riqlar   kuzatilmaydi. 20-30 kunlik inkubatsion davrdan so'ng bemorda kasallikning ikkilamchi davri, ya'ni kasallik belgilarining yuzaga chiqish davri boshlanadi.

Agarda bemor teri-tanosil xonasi shifokori nazoratiga o'tib o'z vaqtida davolanmasa uning teri-tanosil va ichki a'zolarida tuzatib bo'lmas nekrotik yaralar paydo bo'ladi. Bu davrlardagi bemorlar ham atrofdagilar uchun kasallikni tez va oson yuqtirishi tufayli juda xavfli hisoblanadi. Bemor birlamchi va ikkilamchi davrda teri-tanosil shifokoriga murojaat qilib, tezda davolansa, u muvaffaqiyatli tuzalib ketadi. U shifokor tomonidan "D" nazoratiga olinadi va unga preventiv davolash - ya'ni majburiy antibiotikoterapiya jarayoni o'tkaziladi.

Zaxm kasalligi profilaktikasi. Avvalo har bir sog'lom inson sog'lom turmush tarziga, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilib, iymon-e'tiqod bilan yashasa, inson o'z juftiga sodiq bo'lsa va oilasidan boshqa joyda nikohdan tashqarida begona jins vakillari yoki fohishalar bilan jinsiy aloqada bolmasa, jamiyatda yoshlarga o'rnak bo'lib jinsiy yo'llar orqali yuqadigan zaxm, gonoreya (so'zak) va boshqa TORCH infeksiyalarning xunuk asoratlari haqida bilimlarga ega bo'lsa nur ustiga nur bo'lardi. Oila a'zolari, ota-onalar ham o'z farzandini og'zi, lablariga lablarini qoyib o'pishlari nojoizdir. Begonalar bilan ayolmi, erkakmi  o'pishib ko'rishish maqsadga muvofiq emas.    Agarda biron bir mahallada fohishаbozlar pritonlari aniqlansa yoki  qaysidir xonadonda shubhali begona ayollar kelib yashasa va u erga begonalar serqatnov bolib, bu holat aholini shubhalantirsa, albatta avvalo mahalla inspektori va mahalla faollari bilan birga bu kabi holatlarga chora ro'rish lozim. 

H.Nurmurоdov,

tuman Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika teri-tanosil 

kasalliklari shifokori.