Shifokorlar minbari DONORLIK OLIYJANOBLIK VA SHARAFLI VAZIFADIR
Darhaqiqat, donorlik oliyjanoblik va sharaflidir. Avvalambor, bu sharafli vazifani bajaruvchi kishilar kimlar bo'lishi mumkin, degan savolga javob berish lozim. Millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar 18 dan 60 yoshgacha bo'lgan har bir sog'lom kishi donor bo'lishi mumkin.
Har bir sog'lom organizmga ega bo'lgan donorlar shuni to'g'ri anglab tushunishlari kerakki, qon topshirish evaziga buyuk insoniylik vazifasini bajargan holda ular topshirayotgan qon shifoxona bo'limlarida og'ir betob bo'lib yotgan kasallarning tezda sog'ayib hayotga qaytishlari uchun juda muhim va hech bir narsa bilan almashtirib bo'lmaydigan hamda sun'iy ravishda ishlab chiqib ham bo'lmaydigan bebaho davo hisoblanadi.
Donorlik qilish, qon olishning yagona yo'li bu - sog'lom kishilardir. Agar siz qon topshir-sangiz, topshirgan qoningiz o'rnini tezda yangi qon shaklli elementlari bilan to'yingan qon to'ldirib, organizmingiz immunitetini yanada oshirib, kasallikka qarshi kurashish faoliya-tingizni ko'targan bo'lasiz. Tasavvur qilib ko'ring, shifoxonalarda kutilmagan hollarda jarohat olib ko'p qon yo'qotib betoblanib yotgan og'ir ahvoldagi bemorlar siz topshirgan qon tufayli o'zining hayotini qayta tiklab, sog'ayishi tezlashadi. Oz miqdorda qon topshirish evaziga siz bir bemorning yana hayotga qaytishiga, o'z oila a'zolari bag'riga qaytishiga, siz tufayli yana hayotning quvonchli onlarini ko'rishiga kattadan-katta yordam bergan bo'lasiz. Bu insonlar sizdan bir umrga minnatdor bo'lib, Ollohdan siz uchun yaxshi niyatlar so'rab duolar qiladi. Beminnat yordamingiz bilan siz nafaqat insoniylik burchingizni ado etgan bo'lasiz, balki oliyjanob va sharafli burchni ado etgan bo'lasiz.
Siz qon topshirib ko'p insonlarni hayotini saqlab qolgan holda o'z organizmingizda sodir bo'layotgan ba'zi noxush holatlar yoki kasalliklarni ham oldini olgan bo'lasiz. O'tmishdan ma'lumki, ko'pchilik tabiblar organizmdagi turli xil buzilishlarni qon chiqarish yo'li bilan davolab kelishgan. Masalan, har xil asboblar yordamida organizmdan qon chiqarib tashlangan yoki zuluk qurti qo'yish orqali organizmdagi qondan zararli moddalar chiqarib tashlanganligi ma'lum. Donor organizmidagi suyak ko'miklaridan qonning yosh shaklli elementlariga boy qon ishlab chiqilib, yo'qotilgan qon o'rnini tezda yangi sog'lom qon to'ldiradi.
Insoniylik vazifasini chin dildan ado etish uchun biz musulmon xalqining muqaddas kitobi Qur'oni Karimda ham bu qayd etib o'tilgan. Qon topshirib bemor insonlarni hayotini saqlab qolish ham eng xayrli ehson hisoblanadi. Zero, xayr-ehson - bu musulmonlarning eng sharafli ishlaridan biridir.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, siz qon topshirib bir bemor hayotini saqlab qolish orqali o'z insoniylik burchingizni bajaribgina qolmasdan, Qur'oni Karimdagi xayr-ehson qilish farzingizni ham ado etgan bo'lasiz. Har qanday rivojlangan davlat fuqarolari o'z xohishlari bilan salomatliklarini o'ylagan holda beg'araz qon topshirib turishadi. Siz ham badalsiz beg'araz yordam sifatida qon topshirish bilan birgalikda o'z sog'lig'ingiz to'g'risidagi barcha ma'lumot-larga ega bo'lasiz: OITS, zaxm, brusellyoz, malyariya kasalliklari, gepatit "V", "S" va boshqa infeksiyalarning bor-yo'qligi hamda gemoglobin, ALT, AST tahlillari aniqlanadi, kerak bo'lganda ushbu natijalarni ma'lumotnoma sifatida badalsiz yozdirib olib tibbiyot muassasasiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ushbu barcha tahlillar Samarqand viloyat 1-son qon quyish markazida badalsiz amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko'ra, qon topshirgan har qanday muassasa ishchisi xodimlar oylik ish maoshi saqlangan holda 2 kun dam olish huquqiga ega bo'lishadi.
Hurmatli tumandoshlar!
Siz ham o'zingiz va o'zgalar sog'lig'ini muhofaza qilishdek oliyjanob, sharafli va xayrli vazifani ado etishda ishtirok eting.

T.Eshnazarov,
tuman tibbiyot birlashmasining qon quyish bo'limi shifokori.
D.Ahmedova,
viloyat qon quyish markazi shifokori.
Мавзуга оид:
AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14
QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21
SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00