SAYLOV KODEKSIGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITILDI

Jumladan, "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o'ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra:
og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a'zosi bo'lishi mumkin emas;
Prezident muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 2 oy ichida o'tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi;
Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 3 oy ichida o'tkaziladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan o'zini o'zi tarqatib yuborish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 2 oy ichida o'tkaziladi.
Senat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a'zolarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 3 oy ichida o'tkaziladi.
Senat tomonidan o'zini o'zi tarqatib yuborish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a'zolarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 1 oy ichida o'tkaziladi.
I.UMAROV,
tuman adliya bo'limi boshlig'i.
Мавзуга оид:

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30