Qanday hollarda hodimni ish haqidan uning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin?

Umumiy qoidaga koʼra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik boʼlmagan taqdirda esa,  sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. 
Аmaldagi Mehnat kodeksining 269-moddasida xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin boʼlgan holatlar xam keltirilgan.
Bular quyidagilar:
1)soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni undirish uchun;
2)sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
3)ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xoʼjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga oʼtganligi munosabati bilan berilgan boʼlib, sarf qilinmay qolgan va oʼz vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha toʼlangan summani qaytarib olish uchun;
4)hisobidan xodim taʼtil olib boʼlgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
5)xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning oʼrtacha oylik ish haqidan ortiq boʼlmasa;
6) Hodimga intizomiy jazo sifatida qoʼllangan jarimani undirish uchun.
Boshqa hollarda xodimlarning ish haqida ushlab qolinishi mumkin emas
       Х.Yaxshiboev 
 Tuman adliya bo‘limi yuridik 
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.