O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSINI O’RGANAMIZ Hodimlarni ishdan bo’shatish asoslari qaysilari?

Аmaldagi Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan boʼshatishning asoslari keltirilgan boʼlib, ular quyidagilardan iborat;

xodim va ish beruvchi kelishuvi boʼyicha;

mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan boʼshash;

xodim oʼz xohishi bilan ishdan boʼshashi;

ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan boʼshatish;

tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning boʼysunuvi oʼzgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun koʼchishni rad etishi;

tibbiy xulosaga koʼra xodim sogʼligʼiga toʼgʼri keladigan boshqa ishga oʼtishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish boʼlmagan taqdirda;

xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bogʼliq boʼlmagan holatlar boʼyicha;

yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan oʼtmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish boʼyicha;


Alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan boʼshatish asoslari mustahkamlangan asoslar boʼyicha.

                           J.Xolnazarov

Оqdaryo tuman tuman adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti: