ELEKTRON RAQAMLI IMZONI OLISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaatchilar DXMga kelgan holda yoki YIDXP(my.gov.uz) orqali so'rovnoma yuborib olishlari mumkin. Onlayn tarzda murojaat etilganda pasport yoki ID-kartaning nusxasi va sosiy sahifasi bilan "selfie" usulida olingan fotosurat ilova qilinadi.

ERIning paroli biriktirilgan mobil telefon raqamiga "SMS" xabar shaklida yuboriladi. Yig'im miqdorlari: yuridik shaxslar va tadbirkorlik sub'yektlari  uchun BHMning 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa BHMning 7 foizi to'lanadi.

"Ijtimoy himoya yagona reyestri" ATda ro'yxatga olingan va I-II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga 50 foiz miqdorida chegirma mavjud. Xizmat ko'rsatish muddati real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Amal qilish muddati esa 2 yilni tashkil etadi.

Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz o'zlashtirilishi mumkin.  

B.Axmedov,

tuman adliya bo'limi davlat 

xizmatlari markazi xodimi.