"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"

Joriy yilning 11-14 sentyabr kunlari barcha joylardagi singari bizning Pichoqchi mahallasida ham "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mahalla bosqichi musobaqalari o'tkazildi. Mahalla bosqichining barcha turlarida o'quvchilarimiz faol ishtirok etishib, quyidagi yutuqlarga erishdilar: Yengil atletikadan 10-"A" sinf o'quvchisi Shohjahon O'sarxonov, shaxmat bo'yicha 10-"A" sinf o'quvchisi Feruza Abbosovalar 1-o'rinni egallashdi. "Quvnoq startlar" musobaqasidan 4-"A" sinf o'quvchilari 1-o'rinni, 3-"B" sinf o'quvchilari 2 o'rinni, mini-futbol sport turidan 10- "A" sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishib, tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Munira HOTAMOVA,
30-maktab jismoniy tarbiya o'qituvchisi.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BIZ O'ZGARISHLAR DAVRIDA YASHAYAPMIZ
- 09 сен, 13:54