“Bobolarimiz izidan”

Tumandagi 23-maktabning 2-“A” va 2-“B” sinf o'quvchilari ishtirokida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab ochiq sinf soatida “Bobolarimiz izidan” deb nomlangan tadbir o'tkazildi.
Tadbirda o’quvchi yoshlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub bo’lgan g’azal va ruboiylarni yoddan aytishib, davraga bayramona fayz kiritishdi. Ayniqsa, 2-“A” sinfdan Eshmirzayev Elbek, Mamarizayeva Sabrina, Tirkashova Sabina, Tirkashov Ulug'bek, Ismoilova Chehrona, 2-“B” sinfdan Eshmirzayev Behruz, Tirkashboyeva Nargiza, Xolmamatova Ozoda, Ibragimov Izzatbek, Axrorqulova Odinalar tadbirda faollik ko’rsatib, barchaning olqishiga sazovor bo’lishdi.
Dildora Xamdamova,
Maqsuda Otamurodova,
23-maktabning boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari.
Мавзуга оид: