"SAVODXONLIK" BAYRAMI

Yangi O'zbekistonning 1-sinf o'quvchilari yangi hayotga dadil qadam qo'ymoqdalar. Bugungi kunda ular “ALIFBE”dan o'z savodlarini
chiqardilar. Shu munosabat bilan tumanimizning barcha maktablarida "Savodxonlik" bayrami o'tkazilmoqda. Jumladan, 23-o'rta maktabda ham ''Savodxonlik''bayrami o'tkazildi. 
Tadbirda 1-sinf o'quvchilari “ALIFBE” kitobidan o'rgangan Vatan, ona, ustozlar haqidagi o'zlari yod olgan she'rlaridan aytishdi. Bayram ko'tarinki kayfiyatda, qiziqarli sahna ko'rinishlari hamda ashula va raqslarga boy bo'ldi. Bolajonlar bayramda so'z va matematik savodlarini ajoyib didaktik o'yinlar orqali ko'rsatib berishdi. Tadbirga kelgan ota-onalar farzandlarining olgan bilimlarini ko'rib rosa quvondilar. Bolajonlarning ustozi Omonova Oysha opa o'quvchilarining ko'zlaridagi quvonchni ko'rib, ular bilan faxrlandi. Bolajonlar esa o'zlari sevib o'qigan "Alifbe”si bilan xayrlashib, "O'qish" kitobini kutib oldilar.