BOSH PROKURATURA BOSHQARMA BOSHLIG'I OQDARYODA O'RGANISH OLIB BORDI

Joriy yilning 18-yanvar kuni Bosh prokuratura boshqarma boshlig'i M.Abduxakimov tuman markaziy shifoxonasiga tashrif buyurib, muassasaning isitish tizimi va yaratilgan shart-sharoitlarni o'rgandi.
O'rganishlar davomida М.Abduxakimov tumandagi dehqon bozoriga borib, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasidagi narx-navolar bilan yaqindan tanishdi hamda narx-navo barqarorligini ta'minlash bo'yicha tuman sektor rahbarlariga alohida topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha tuman hokimligida tashkil etilgan "Tezkor shtab" faoliyati bilan tanishib, gaz, elektr va suv ta'minoti borasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli korxona xodimlariga ko'rsatmalar berildi.
Мавзуга оид: