Inson xotirasi aziz SAN’ATKORLAR SARDORI EDI...

Qariyb ellik yil davomida xalqimizning bayramlarida va to‘ylarida o‘zining mumtoz qo‘shiqlari bilan xizmat qilib kelgan, betakror san’atkor, Mamayusuf Boboxo‘jayev haqida ham doimo yaxshi fikrlarni eshitganmiz. U 1952-yilda Pichoqchi qishlog‘ida tavallud topdi. Shu qishloqdagi 30-o‘rta maktabni bitirgach, Samarqand musiqa bilim yurtida o‘qidi. 1970-yildan 1972- yilgacha Vatan oldidagi o‘z harbiy burchini bajardi. Shundan so‘ng mehnat faoliyatini Loyishdagi musiqa maktabida davom ettirdi. Ishlash bilan bir qatorda Toshkent davlat madaniyat institutida o‘qidi. Faoliyati davomida o‘nlab, yuzlab shogirdlar tayyorladi. O‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan bu inson 1982- yilda Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi musiqa maktabi direktori vazifasiga loyiq ko‘rildi. Bu dargohda ham san’atga qiziqqan yoshlarni oliy o‘quv yurtlarga tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatdi. 2009-yilda tumanimizga qaytib kelib Oqdaryo pedagogika kollejida musiqadan yoshlarga saboq berdi.
Oilada ham mehribon ota bo‘lgan fidoyi inson uch o‘g‘il, bir qizni voyaga yetkazib ularni ona Vatanimizga sadoqatli inson bo‘lib tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shdi. Ayni paytda farzandlari o‘zlari sevgan sohalarda mehnat qilib elda hurmat qozonishayapti. Oqdaryoliklar o‘z umrini san’atga bag‘ishlagan Mamayusuf Boboxo‘jayevni doimo yod etadilar.
“Oqdaryo ovozi” gazetasi tahririyati va tuman “Nuroniylar” Kengashi.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

“BOY ILA XIZMATCHI” YANA YOZILADIMI?
- 18 янв, 13:25

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00