OQDARYONING FIDOYI FARZANDI


Xotira bor ekan, tikirdir millat.

Tirikdir   iftixor, tirikdir g'urur.

Xotira - elni xalq qiluvchi  qudrat,

Xotira - ertani yoritguvchi nur.

1999-yil 9-may kuni O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida ham Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon  9-may - Хоtitra va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda. Bunday Xotira maydonlari har bir viloyatda, har bir tumanda mavjud. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qahromona yurtimizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotira-siga bag'ishlangan.

Хоtira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ulug' Vatan urishi qahramonlarining ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdur. Binobarin  Mamadiyor hoji o'g'li Fayzulloh hoji 1913-yilda Oqdaryo tumani Qarqarali qishlog'ida tavallud topgan. 1930-yillardan boshlab qator yillar brigada boshlig'i bo'lgan. 1937-1940 yillarda tuman moliya bo'limida soliq yig'uvchi bo'lib ishladi. 1940-yilda harbiy xizmatga chaqirildi. Finlyandiya bilan bo'lgan urishda ishtirok  etdi. Ikkinchi jahon urishi boshlangach, frontning oldingi tizimida bo'lib, janglarda qatnashdi. 1943-yilda bo'lgan shafqatsiz janglarning birida og'ir yarador bo'ldi. Shifokorlarning yordami bilan o'z ona yurtiga qaytib kelgach, tuman moliya bo'limida ishlay boshladi.1945-yildan 1950-yilga qadar xalq banki mudiri bo'lib faoliyat ko'rsatdi.

Shundan so'ng tuman suv xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i, xo'jalikda hisobchi, aloqa bo'limida xodim va o'n yil mobaynida Sarixo'ja  aloqa bo'limining boshlig'i sifatida faoliyat ko'rsatib,  kamtarin va tashabbuskor  inson tinch qurilish davrlarida ham samarali mehnat qilib elda hurmat topdi.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng bobomiz  1997-yil haj safariga borib hoji bobo bo'ldi. Oqdaryoning fidoyi farzandi, urish qatnashchisi bo'lgan Fayzulla hoji Mamadiyorov 2005-yil vafot etdi. Biz farzandlar va nevara-chevaralari bobomizning mana shunday mehnat faxriysi va urish qahramoni bo'lganligi,  yurtiga sadoqatli inson bo'lganligidan doimo faxr-lanamiz.

Fayzullo hoji bobo umr   yo'ldoshi  Oyimgul momo bilan uch farzandni voyaga yetkazdilar. Farzandlari ham o'z yurtiga xizmat qiladigan farzandlar bo'lib yetishdilar. O'g'li Mamadiyorov Murodulla aka ko'p yillar tuman tashkilotlarida rahbarlik lavozimida ishlab, fermer xo'jaligini mohirlik bilan boshqarib, endilikda farzandi Fayzullayev Umirzoqjonga ham dehqonchilik sirlarini o'rgatib kelmoqda.

Bahora Ikmatova,

tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot texnоlogiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi.