Ko'rik-tanlov "BIZ KELAJAK SHIFOKORLARIMIZ"

O`qi  bolam,   o`qisang, yo`llaring  bo`lgay  ravon,
To`solmaydi  yo`lingni   uchragan  turli  dovon.
Obod,  ozod   diyorda  surasan  davru - davron,
Dilingni  zabt   etolmas  hasad,  shubha-yu   gumon.
Xuddi shunday da'vat bilan boshlangan tadbir  tumandagi  15-umumiy      o`rta ta`lim maktabining     faollar zalida ko`tarinki   ruhda bo`lib o`tdi. "Biz    kelajak shifokorlarimiz!" nomli  ushbu  tadbirda   15-umum  ta`lim   maktabining    8- "A"  sinf o`quvchilarining     "Shifokorlar"   guruhi  va   8- "B" sinf o`quvchilarining "Salomatlik" guruhi    o`quvchilari o`quv  yili  davomida   olgan   bilimlarini  5   ta  shart:
1. Tanishtirish. 
2. Tez  tibbiy   yordam  ko`rsatishni  amaliy   bajarish.
3.Odam  organlari   tuzilishi  haqida  savol-javob.
4.Guruh  sardorlari bahsi.
5. O`quvchilar  tomo-nidan tayyorlangan  ko`rgazmalar   tanlovi  asosida sinab  ko`rishdi. 
"Biz  kelajak   shifokorlarimiz!" tadbiri   o`quvchilarni  kelajakda  shifokorlik   kasbiga  qiziqishlarini orttirish maqsadida  tashkil  etildi. Tadbirni maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xidirnazar  To`raqulov   ochib  berdi. Tanishtirish  shartida guruhlar  odam   organizmining  tuzilishi, organlar haqida  she`riy  ma`lumotlar asosida  qiziqarli faktlarni keltirishdi: "Eng  kichik suyak"ni  guruchdek   ekanligi , "Eng  uzun  soqol"   hindistonlik  Sarvon  Sinxning soqoli  uznligi   2 metr-u 32 santimetr  ekanligi, eng uzun  bo`y  turkiyalik Sulton Kosen bo`yi  2   metr-u  52  santimetr   ekanligi, eng  yirik  chaqaloqni   turkiyalik  ayol  dunyoga   keltirganligi, uning   og`irligi  11  kg   tosh  bosganligi  va boshqa   qiziqarli  ma`lumotlarni  berishdi. 
Tadbirda   8- “B” sinf   o`quvchisi  Mavlonov  Dilshod,   Toshpo`latova  Diyora, Abduzokirova  Aziza,  8- “A”   sinfdan  Nomozov  Sevdiyor,   Ulug`murodova  Farangiz,  Umarova   Orasta, Saidova Dilso'z, Rasulova   Jasmina, Tursun-murodova   Nurshoda,  Mardiyeva  Rayhona va   boshqa  o`quvchilar  faol qatnashdi.
Tadbirning  "Eng   yaxshi original ko`rgazma" tanlovida 8-“A” sinf  o`quvchilari tomonidan tay-yorlangan "Odam organlari joylashuvi" va   "O`pkaning  tuzilishi" ko`rgazmasida yangicha  STEAM  yondashuvi usulidan  foydalanilgan bo`lib, birinchi o`rinni  egallab, faxriy yorliq bilan  taqdirlandi. 
Qiziqarli taassurotlarga boy  bo`lgan ushbu  tadbirda   ikki  guruh ham 40,5  baldan   to`plab,  durrang  natijani   qayd  etishdi. Tadbir  so`ngida faol qatnashgan  o`quvchilarga   diplom ,  faxriy  yorliq   va  esdalik  sovg`alar   topshirildi.
Fotima Bekpo`latova,
15-maktabning biologiya fani o`qituvchisi.