Dalalarda ish qizg'in ICHKI SUG'ORISH TARMOQLARI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

Oqdaryo tumanida ham "Har bir fermer xo'jaligi bir kilometr ariqlarni betonlashtiradi va barcha ariq, zovurlarni to'liq tozalaydi" tamoyili asosida qishloq xo'jaligida bahorgi mavsumga tayyorgarlik ishlari qizg'in. 
Tumanimizda qishloq xo'jaligi sohasida kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan shudgorlash va ariqlarni qazish ishlari hamda suvni ortiqcha isrof qilishni oldini olish maqsadida olib borilayotgan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari jadal sur'atda davom etmoqda.
Ayni vaqtda tumanning 1-sektor hududi "Qahramon" MMTP hududidagi "Azimxon farovon dala", "Tarnovxo'ja", "Pichoqchi barakasi" fermer xo'jaliklarida hamda Bobur  MMTP hududidagi "Yakkabog' hosili" fermer xo'jaligida suvning ortiqcha sarflanishini oldini olish maqsadida ariqlarni tozalash jarayonlari uyushqoqlik bilan amalgam oshirilmoqda.
Jumladan, Zarafshon" MMTP hududidagi "Qaychili oltin boshoq" fermer xo'jaligi hamda "Hasan Zarafshon barakasi" fermer xo'jaligi hududlaridagi ariqlarni tozalash, betonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi.
Joriy yilda tumanimiz hududida jami, 165 kilometr ichki ariqlarni betonlashtirish rejalashtirilgan bo'lib, hozirga qadar, 28,45 kilometr masofadagi ichki ariqlar to'liq betonlashtirilib, yana 4,5 kilometr hudud betonlashtirishga tayyorlangan.
Shuningdek, 609,8 km ichki ariqlar qazilishi ko'zda tutilib, hozirda, 414,8 km ariqlar qazilgan.
Tumanimizda qishloq xo'jaligi sohasida kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan shudgorlash va ariqlarni qazish ishlari hamda suvni ortiqcha isrof qilishni oldini olish maqsadida olib borilayotgan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari jadal sur'atda davom etmoqda.
Xususan, ayni kunlarda "Zarafshon" MMTP hududidagi "Qaychili oltin boshoq" fermer xo'jaligi hamda "Hasan Zarafshon barakasi" fermer xo'jaligi hududlaridagi ariqlarni tozalash, betonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.