O'qing, qiziq! JOY NOMLARI TARIXINI BILASIZMI?

Joy nomlari hududlarning, mamlakatlarning tarixi, qadriyatlari, milliy mansubligini o`zida aks ettiruvchi muhim vosita sanaladi.Shu bois, Sovet ittifoqi davrida kommunistik g`oya va mafkura talablariga rioya etilgan bo`lsa, mustaqillik yillariuda qishloq, mahalla, shahar va tuman nomlari milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib o`zgartiriladi.
Konstitutsiyamizga ko`ra, O`zbekistonda davlat tili o`zbek tili. Mamlakatimizda boshqa millat va elat vakillari azaldan yashab keladi. Shu bois, yurtimizdagi tarixiy joy nomlari orasida turkiy, forsiy, sug`diy, arabiy nomlar birdek uchraydi.
LOYISH SHAHARCHASI TARIXI  
Loyish - O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1984-yildan). Tumanning ma'muriy markazi. Viloyat markazi hamda yaqin temir yo'l stansiyasi Samarqanddan 36 km. Aholisi 11,5 ming kishi (2002). Oqdaryodan suv oladi. Shaharchaning nomi uning joylashgan o'rni bilan bog'liq. Loyish qadimda Zarafshon daryosining tarmoqlari - Oqdaryo bilan Qoradaryo oralig'idagi qamishzor va botqoqlik yerda vujudga kelgan, nomi shundan bo'lsa kerak deb taxmin qilinadi. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, g'isht, konserva zavodlari, qurilish tashkilotlari, aloqa bo'limi, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 1 ta ixtisoslashtirilgan 2 ta  umumiy ta'lim, musiqa, maxsus internat maktabi, pedagogika kolleji, madaniyat uyi, markaziy kutubxona, stadion, madaniyat va istirohat bog'i, kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Loyish hududidan katta Zarafshon avtomagistrali o'tadi.
KO'CHALAR NOMLARINI NOMLANISH TARIXI
Sobiq ittifoq parchalanib, 1991- yilda Ittifoq tarkibidagi barcha respublikalar mustaqillikka erishdi. Shu jumladan  birinchi Prezidentimiz I.A .Karimov rahbarligida O`zbekiston respublikasi ham mustaqillika erishdi. Shundan kieyin barcha milliy Respublikalar kabi bizning davlatimiz ham eski imperiya daholari nomiga qo'yilgan joylar o`zimizning tariximizni yaratgan buyuk ajdodlarimiz nomi bilan atala boshladi. Shu jumladan, tumanimiz xalqining xohish-istaklarini inobatga olib, Xalq deputatlari tuman kengashining 1992-yilgi deputatlari, tuman hokimining tegishli farmon va qaroriga asosan, tuman markazi Loyish shaharchasining sobiq Lenin nomidagi ko`chasi sohibqiron bobomiz Amir Temur nomiga almashtirildi. Bu Qaror viloyat hokimligi va O`zbekiston Respublikasi atamalar bo'yicha maxsus komissiyasining qarori bilan tasdiqlandi. Shundan buyon ushbu ko`cha Amir Temur ko`chasi deb nomlanadi. Bundan tashqari, "Chayjovul","Nayman", "Qirqdarxon" kabi qishloqlar nomi ham o`zbek millati urug`ining nomiga berilgan.
DAHBED SHAHARCHASI
Dahbed - Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1978-yildan). Dahbed Miyonqolning sharqida, Oqdaryoning chap sohilida joylashgan qadimiy va tarixiy mavzelardan biridir. Shoyboniylar davriga  mansub manba`larga qaraganda,  Dahbed   Ofarenkent tumanida joylashgan. Dahbedning paydo bo`lishi XVI asrning birinchi yarmida Farg`ona vodiysining Koson shahrida yashagan Sayid Ahmad Jaloliddin Kosoniyning (1461-1542) nomi bilan bog`liqdir. U Samarqand hukmdorlari, xususan, shayboniy-lardan Jonibek Sultonning taklifiga binoan Miyonqolga ko`chib kelgan va shu yerda dastlab o`nta tol ekkan. Natijada ul zot yashagan mavze Dahbed (forscha "o`nta tol" degani) nomi bilan atalib ketgan. Farg'ona vodiysining Koson qishlog'idan shayx Mahdumi A'zamning  Dahbedga   ko'chib kelishi bilan ushbu joy mashhur bo'lib ketadi. Mahdumi A'zamning qabri  ham Dahbedda bo'lib, keyinchalik Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir   Mahdumi A'zam qabri yaqinida xonaqoh qurdirgan. Mang'itlar hukmronligi  davrida pishiq g'ishtdan masjid va darsxonadan iborat 34 hujrali madrasa barpo etilgan. Shayboniylar davrida Dahbedning bir necha darvozasi bo'lgan. Mavze devor bilan o'ralgan va ular orasida Juq mozori nomli darvoza mashhur edi. Dahbedning shimoliy tomonida joylashgan bu darvozaga yaqin joyda Safeduk   qishlogi bo'lgan. Qishloqni keyinchalik daryo yuvib ketgan. Qishloqda shayx Xo'ja Is'hoqning qabri va xonaqosi bo'lgan. Mozorni Oqdaryo suvlari yuvib ketishi xavfi tug'ilgach, Xo'ja Is'hoqning mozori Bog'i Balandga ko'chirilgan. Shayboniylar, ashtarxoniylar, mang'itlar hukmronligi davrida atrofdagi yerlar Kichik So'g'd deb ham atalgan, uning markazi Dahbed bo'lgan. Manbalarga ko'ra, XIX asrda Dahbed va uning atrofida 1206 ta xonadon va 45 ta masjid bo'lgan. Dahbed kichik bo'lishiga qaramay, XVI asrda Mahdumi A'zamiyon boshchilik qilgan so'fiylik - naqshbandiyaning markazi hisoblangan.