“1- oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi"

 29-sentabr kuni tuman MMTB ga qarashli  56-maktabda “1- oktabr -  Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir uch avlod vakillari o'rtasida ibratli yo‘llar, qilingan ezgu ishlar sarhisobi va yosh avlodga ilm-ma'rifat nurafshonligi borasida bo'lib o'tdi.
Tadbirni maktab direktori Y.Qo‘shoqov ochib berdi va ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlarni hamda ustoz murabbiylarni   sharafli bayramlari bilan tabrikladi.
 Tadbirga “Oqdaryo ovozi” gazetasi muharriri Yo'lchi Muhammediyev, faxriy ustozlardan   M.Safarov, B.Asrorov, M.Jo‘rayevlar va bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi.  Tadbirda so’zga chiqqan “Oqdaryo ovozi” gazetasi muharriri Yu.Muhammadiyev barcha ustozlarni bayram bilan muborakbod etdi hamda o‘quvchi yoshlarga ilm berishdan, izlanishdan hech qachon tolmasliklarini aytib, ularning kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.
 Tadbir maktabimiz o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarga ulanib ketdi. O‘quvchi yoshlarimiz tomonidan ustozlarga qutlov hamda yosh avlodni o‘z farzandidek ko'rib ta‘lim-tarbiya berib kelayotgan, beminnat xizmatlari bilan mehnat qilayotgan aziz va mo'tabar ustozlarni sharafli bayramlari bilan qutladilar.
 Shoir aytganidek: “Muallim haqida so'zim ushbudir, Muallim kamolot uchra ko‘zgudir”.  
 Shahlo Nurmurodova,
           56-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.