KEKSA AVLOD VAKILLARI DOIMIY E'TIBORDA
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi "Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 816-son qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasini "Keksalar haftaligi" etib belgilanganligi hamda 2020-yil 28-maydagi "Keksalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 340-son qaroriga asosan noyabr oyi "Keksalar uchun turizm oyligi" deb e'lon qilinib, hududlarda keng ko'lamli tadbirlar tashkil etilmoqda.
"Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" tamoyiliga muvofiq uyushmagan, muammoli 301 nafar yoshlarga 35 nafar nuroniylar biriktirilgan. Ular yil davomida ishsiz, profilaktik ro'yxatda turadigan, o'quv davomati yomon bo'lgan yoshlar bilan birga ishlab, ularning muammolarini imkon qadar kamaytirishga harakat qilishmoqda. Bu yoshlarni muammoli toifadan chiqarish choralarini ko'rish maqsadida ular bilan yaqindan ish olib borishib, oilaviy muhitlarini o'rganishib, ularni mehnat bilan band qilish, moddiy va ma'naviy ko'maklashish choralari ko'rilmoqda. Shuningdek, mahalla mas'ullari va ta'lim muassasasi rahbarlari bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni o'zlariga munosib jismoniy tomondan to'g'ri keladigan kasb bilan shug'ullanishlari uchun bir qator yoshlar ish bilan band qilindi.
Profilaktik ro'yxatda turgan yoshlarni ro'yxatdan chiqarish choralari ko'rilmoqda. Jumladan, o'quv davomati yaxshi bo'lmagan o'quvchilarning ota-onasi va maktab rahbarlari bilan hamkorlikda o'quvchilarning darslarga to'liq qatnashishini ta'minlash yuzasidan turli tadbirlar tashkil etilib, targ'ibot ishlari olib borildi. Bugungi kunga qadar 258 nafar yoshlar "Muammoli yoshlar" ro'yxatidan chiqarildi.
"Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin" shiori ostida Navro'z umumxalq bayra-mi, Ramazon hayiti, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joylarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, tashkilotlar faxriylari va faollari, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari va faol yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi"ni o'tkazish belgilangan. Bu borada tu-man hokimligi tashab-busi bilan tuman istirohat bog'ida "Uch avlod" uchrashuvi doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tdi. Shuningdek, 20-sonli MMT, O'zbekiston mahallasida "Uch avlod ushrashuvi" doirasida "Ibratli oila" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda piru-badavlat otaxon va onaxonlar front ortida kechirgan hayotlari va hozirgi dorilomon kunlar haqida yoshlarga hikoya qilib berdilar.
Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning qabrlarida obodonlashtirish ishlari bajarildi va ularning xonadonlariga borib oilasi yo'qlandi.
Ikkinchi jahon urushi va nogironligi bo'lgan front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida sog'ligini yo'qotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga maqsadli yordam ko'rsatish, ularni protezlar, nogironlik aravachalari bilan ta'minlash maqsadida tumanda istiqomat qilayotgan 43 nafar frontorti mehnat faxriylariga tuman hokimligi tomonidan bayram sovg'alari berildi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi hamda O'zbekiston Faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasining qo'shma qarori asosida joriy yilning 20-avgustidan 20-sentyabrgacha "Keksalar salomatligini muhofaza qilish" oyligi e'lon qilindi. Oylik doirasida tumandagi frontorti mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlar, e'tibor va ko'makka muhtoj keksalarning holidan xabar olish, ularning salomatliklarini tiklash va ma'naviy yordam berish bilan bog'liq xayriya tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, markaziy poliklinikada tuman tibbiyot birlashmasi va tuman "Nuroniy" jamg'armasi hamkorligida bepul tibbiy ko'rik o'tkazildi. Unda barcha turda faoliyat ko'rsatayotgan shifokorlar har bir bemorni individual tartibda tekshiruvdan o'tkazishdi. Tibbiy ko'rik natijasiga ko'ra kasallik aniqlangan keksalarni ko'rsatmalarga asosan ambulator, shu jumladan, kunduzgi yoki uy shifoxona sharoitida davo-lanish tavsiya etilgan bemorlarga mavjud dori-darmonlardan bepul foy-dalanish, surunkali kasalligi bor bemorlarni nazoratga olish va sog'lomlashtirish rejalari ishlab chiqilib, amalga oshirildi.
1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni muno- sabati bilan Oytamg'ali mahallasida joylashgan 8-maktab tashkil etilgan-ligining 100 yilligi muno-sabati bilan "Uch avlod" uchrashuvi doirasida "Qo'sha qarish saodati" tadbiri tashkil etildi. Bu tadbirda 5 ta oila ishtirok etdi. Bundan tashqari qator yillar xalq uchun xizmat qilgan ustozlarga ham tuman hokimi tashakkurnomasi va "Nuroniy" jamg'armasi viloyat va tuman bo'limlarining sovg'alari tarqatildi.
7-oktyabr kuni Oqdaryo tumani "Nuroniy" jamg'armasi tashabbusi bilan "Nuroniy" maskanida " Keksalar haftaligi" doirasida keksa avlod vakillari orasida shaxmat-shashka musobaqasi o'tkazildi. Ushbu tanlovda eng keksa otaxon Tilovov Saydi hamda 1-o'rin sohibi Ibragimov Qodir, 2-o'rin Qurbonov Aktam, 3-o'rin Abdug'offorov Abdumalik, 4-o'rin Sattorov Xayrulla, 5-o'rin Ismoilov Rahmatulla bobolarga nasib qildi. G'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tumanda "Keksalar haftaligi" doirasida "Ko'zga surtgum ustoz bosgan izlarni" mavzusida "Nuroniy" jamg'armasi tashabbusi bilan qator yillar namunali mehnat qilib Oqdaryo tumani rivoji uchun hissa qo'shgan marhum faxriylarimizni yod etish maqsadida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Isoq Qilichov, Shodiqul Nazarov, Bur-xon Suvonov, Bobonazar Ahmedov, Narzi Muhammadiyev, Jalil Burgutov, Jamol Isroilov kabi mehnat faxriylarining xotirasi shogirdlari tomonidan yodga olindi. Tadbirda bir piyola choy ustida suhbatlar tashkil etilib, marhumlar xotirasiga duo o'qildi.
2024-yil 3-oktabr kuni "Keksalar haftaligi" doirasida tumandagi "Ustoz" sihatgohida "Inson taftini inson oladi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda ko'p yillardan buyon keksalar va nuroniy ustozlarni sog'liqlarini tiklashda beminnat xizmat qilib kelayotgan, nafaqada bo'lsada o'z ish faoliyatini davom ettirib kelayotgan shifokorlar "Nuroniy" jamg'armasi Oqdaryo tuman bo'limining tashakkurnomalari va viloyat bo'limining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, dam olish uchun kelgan nuroniylarning holidan xabar olinib, ular bilan chiroyli davra suhbatlari bo'lib o'tdi.
Turistik sayohat ishlari yuzasidan nuroniylar 2024-yil avgust oyida viloyat "Nuroniy" jamg'armasi bo'limi tashabbusi bilan Oqdaryo tumanidagi hududlardan 125 nafar otaxon va onaxonlar keksa avlod vakillaridan iborat guruh Jizzax viloyati Zomin tumaniga, 52 nafar onaxon-lar Buxoro shahriga sayohat va ziyorat uchun borib kelishdi.
11-avgust kuni esa 50 nafar sport faxriylari va sobiq maorif xodimlari Toshkent shahri bo'ylab sayohatga borib keldilar. 26-sentabr kuni tumandagi Yangiqishloq mahallasidagi bir guruh nuroniy onaxonlar uchun ichki turizm doirasida Samarqand shahridagi madaniy, ma'naviy va ma'rifiy maskanlariga sayohat tashkil etildi.

H.QARSHIYEV,
"Nuroniy" jamg'armasi tuman
bo'limi raisi.
Мавзуга оид:
XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21