Gender tengligini ta'minlash: islohot, muammolar va yechimlar AYOLLARGA EHTIROM
So'nggi yillarda O'zbekistonda davlat boshqaruvida erkaklar va ayollar o'rtasida tenglikni ta'minlash borasida jiddiy qadamlar qo'yildi. Sohaga oid normativ-huquqiy baza takomillashtirildi. Xususan, gender tenglikni ta'minlash bo'yicha qonunchilik va institutsional negizlarni mustahkamlash yo'lida muhim choralar ko'rilib, xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.Bugungi kunga kelib ijtimoiy hayotning asosiy jabhalarida gender tenglikni ta'minlash butun jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qilishi o'z isbotini topgan. Bugungi islohotlar yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarning bir qismi bo'lib, unda gender tenglikni ta'minlash sohasidagi muammolarni ilmiy jihatdan o'rganish va ularga yechim sifatida ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqib, aholi o'rtasida gender qadriyatlarni targ'ib qilish, mazkur masalalar bo'yicha tajriba almashish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonunining 3-moddasiga asosan, gender - xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ekanligi belgilab berilgan.
O'rni kelganda alohida ta'kidlash joizki, gender tengligi faqat ayollar masalasi emas, balki ijtimoiy jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ta'sir etuvchi strategik vazifa. Teng imkoniyatlar jamiyatda adolat, barqarorlik va rivojlanishga olib keladi. Shuning uchun davlat organlari, ta'lim muassasalari, OAV, fuqaro jamiyati va har bir fuqaro ushbu jarayonda faol ishtirok etishi lozim. Zero, ayollarga ehtirom, boshqaruvda xotin-qizlar ishtirokini oshirish - Prezidentimiz olib borayotgan siyosatining markaziy o'rinlarida turadi.
Mana shu unutilmas shukuhli damlarda aziz va qadrli tumandoshlar, sizlarni va siz orqali oila-a'zolaringizni qutlug' qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Kirib kelayotgan Yangi yilimiz yurtimizga, barcha-barcha oilalarga baxtu saodat va omad keltirsin! Vatanimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo'lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo'lsin!
Diyora YUSUPOVA,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqdaryo tuman bo'linmasi rahbari.
Мавзуга оид:
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi davom etmoqda
- 22 сен, 15:21
BOSH MAQSADIMIZ - XOTIN-QIZLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH
- 02 сен, 10:02
NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29
QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30



