BOSH MAQSADIMIZ - XOTIN-QIZLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH

2025-yilda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari tuman va tarmoqlar kesimida ishlab chiqildi. Xususan: 475 nafar xotin-qizlarni doimiy ishga joylashtirish orqali bandligini ta'minlash;
54 nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish;
350 nafar xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qaroriga asosan:
1101 nafar xotin-qizlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish;
2579 nafar xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan ta'minlash;
180 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog'lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha motivasion seminarlar tashkil etish belgilandi.
1. Kambag'al oilalarni qisqartirish, xotin-qizlarni barqaror bandlik va yuqori daromad topishga o'rgatish, biznesini qo'llab-quvvatlash yo'nalishida:
762 nafar xotin-qizlar shundan, 276 nafari kasb-hunarga, 486 nafari tadbir-korlikka o'qitildi.
372 nafar xotin-qizlar doimiy ish o'rinlariga, shuning-dek, hududiy va tarmoq investisiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalar hisobiga yaratilgan yangi ish o'rinlariga ishga joylashtirildi.
2228 nafari tadbirkor xotin-qizlar biznesini qo'llab-quvvatlash maqsadida, xotin-qizlar tomonidan loyihalarini amalga oshirish hisobiga qo'shimcha yangi ish o'rinlari yaratish maqsadida, tadbirkorlik fao-liyatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar berildi.
1726 nafari Oqdaryo tumani Fermerlar kengashi tomonidan qishloq xo'jalik sohasiga band qilindi. 2308 nafari pillachilik bo'yicha band qilindi.
998 nafar xotin-qizlar turli faoliyat yo'nalishlarida o'zini o'zi band qilishga jalb etilib, jami 294 nafar xotin-qizlarning bandligiga ko'maklashildi. 83 nafar xotin-qizlar "Hunarmand" uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi.
Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan Sayxunobod tajribasi, zamonaviy kasblar, hunarmandchilik bo'yicha jami 36 ta yo'nalishda qisqa muddatli o'quv kurslari dasturlari asosida jami 315 nafar xotin-qizlar o'quv kurslariga jalb qilindi.
Kasanachilik va xonadonlarda uy mehnati bilan shug'ullanuvchi xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida viloyat bo'yicha uy mehnati bilan shug'ullanayotgan 5 nafar lider kasanachi tadbirkor xotin-qizlarning manzilli ro'yxati shakllantirildi.
Lider kasanachi tadbirkorlar faoliyat turlariga ko'ra guruhlarga bo'linib, ularga xonadonlarda uy mehnati bilan shug'ullanib kelayotgan 550 nafar xotin-qizlar biriktirildi.
Jumladan, 500 nafari Quruq mevalarni qayta ishlash, 50 nafari uy sharoitida yumshoq uyinchoqlar yasash yo'nalishlariga biriktirildi.
2. Oilalarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash yo'nalishida:
Tumanda tug'ish yoshidagi ayollar soni 40438 nafarni tashkil etadi, tug'ruqlar soni 772 ta, onalar o'limi yo'q, 15-17 yoshdagi tug'ruqlar, 45 va undan yuqori yoshdagi ayollarda tug'ruqlar qayd qilinmagan. 438 nafar xotin-qizlar kontrasepsiya vositalari bilan qamralgan, mavjud zaxira soni 6423 taga yetkazildi.
Tumandagi 35 ta mahallada hamda ta'lim muassasalarida erta tug'ruq va erta nikohning salbiy oqibatlari, nosog'lom turmush tarzi yo'liga kirgan qizlarda uchraydigan salbiy holatlarini oldini olish maqsadida voyaga yetmagan qizlar o'rtasida "Erta tug'ruqlarning salbiy oqibatlari" mavzusida 70 dan ziyod targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
3. Oila institutini mustahkamlash, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni targ'ib etish yo'nalishida:
11-fevral - "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" munosabati bilan 9-fevral kunlari tumandagi ta'lim muassasalari va mahallalarda "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida haftalik tashkil qilindi. Haftalik doirasidagi tadbirlarga 54 nafar oqila ayollar, rahbar ayollar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari jalb etildi.
Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan, o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan 1 nafar ayol "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
"Oila mustahkamligi uchun bar-chamiz mas'ulmiz" shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sog'lomlashtirishni tashkil etish bo'yicha 331 ta ma'naviy-ma'rifiy, targ'ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. 1641 nafardan ziyod aholi vakillari ishtiroki ta'minlandi.
Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustah-kamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan 15 ta oila "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etildi.
Oilalarda ma'naviy muhitni kuchaytirish, ayol ma'rifatining oilada va farzand tarbiyasidagi ta'sirini oshirish, yangicha g'oya va yondashuvlar asosidagi loyihalarni ilgari surish maqsadida tumanda "Ayol ma'rifati" jamoatchilik kengashi tayanch guruhi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o'quv mashg'ulotlarida 120 nafar nikohlanuvchilar o'qitildi.
Oila ma'rifatini yuksaltirishda onalarning rolini inobatga olgan holda har oyning 17- sanasida o'tkazib bori-layotgan an'anaviy "Kitobxon onalar" kuni tadbirlari davom ettirilib, 63 nafardan ortiq uy bekalari bo'lgan onalar qamrab olindi.
Hududlarda haftaning har shanba kuni o'tkazilayotgan "Oila mustahkamligi kuni"dagi sayyor qabullarda mahal-lalardagi 525 ga yaqin "Oqila ayollar" harakati a'zolari bilan birgalikda 40 ta oilaviy ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi.
Oilaviy ajrimlarni oldini olishda Oqdaryo tajribasi yaratildi.
Ma'lumot uchun: 2025-yil 17-21 aprel kunlari 2024-yil ajrim eng ko'p qayd etilgan Oqdaryo tumaniga Samarqand davlat universitetining malakali psixolog-trenerlari tomonidan seminar-trening o'tkazildi. Mazkur seminar-trening natijasida ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilib, sog'lom muhitga qaytarildi. Seminar-treningga tashrif buyurgan 44 ta oilaning 11 tasi joyida yarashtirilgan bo'lsa, ikkinchi seminar-trening natijasida 2 nafar oila yarashtirildi. Ajrim yoqasidagi oilalar-ning ro'yxatlari shakllantirildi va reja grafik asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
4. Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilik-ni jilovlash, tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish yo'nalishida:
Profilaktik hisobda turgan 115 nafar xotin-qizlarning 74 nafariga moddiy-ma'naviy, ijtimoiy masalalarda amaliy yordam ko'rsatish orqali hisobdan chiqarildi.
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida, zo'ravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 40 nafar xotin-qizlarga "himoya orderi" rasmiylashtirildi.
71 ta oilalar yarashtirildi va 54 ta nizolarning asl sabablari bartaraf etildi.
Himoya orderi berilgan 68 nafar tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan zo'ravon shaxslar tuzatish dasturiga yo'naltirildi.
Fuqarolik va ma'muriy sudlarda oila-turmush munosabatlari bilan bog'liq masalalarida 254 nafar shaxslar nizolashayotganligi aniqlanib, ulardan 218 nafarining muammolarini bartaraf etish choralari ko'rildi.
Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning 54 nafariga ishga joylashishida ko'maklashildi, 74 nafariga moddiy va ijtimoiy yordam ko'rsatildi. 7 nafari davolashga muhtojligi aniqlanib, tibbiy dispanserlarga yuborildi, 6 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'maklashildi, 3 nafari ta'lim muassasalariga qaytarildi, 1 nafarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qayta tiklashga amaliy yordamlar ko'rsatildi. 44 nafar ayollar profilaktik hisobdan chiqarildi.
"Ye-ijtimoiy profilaktika" tizimi orqali huquqbuzarlik sodir etgan yoki sodir etish ehtimoli bo'lgan 349 nafar xotin-qizlar bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlari olib borildi va qo'shma xulosalar rasmiylashtirildi.
5. Xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo'nalishida:
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo'q yolg'iz 5 nafar xotin-qizlarga 50% miqdorda kontrakt to'lovi to'lab berildi.
Axborot texnologiyalari yo'nalishidagi o'quv kurslariga jalb etish bo'yicha iqtidori va qiziqishi bo'lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi 120 nafar xotin-qizlar ro'yxatlari shaklantirildi, ularning 80 nafari mazkur yo'nalishda o'qitildi.
Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlarining 10 nafari yoki 40 foizini, xotin-qizlar tashkil etdi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan 7 nafar nomzodlarning hujjatlari ko'rib chiqildi. 1 nafar saralangan nomzod ushbu mukofot bilan taqdirlandi.
Oliy ta'limdagi talabalar orasida xotin-qizlarning ulushi 50,2 foizga yetkazildi.
6. Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va "Ayollar daftari" tizimi orqali hal etish yo'nalishida:
30 yoshdan yuqori bo'lgan xotin-qizlar o'rtasida anketa-so'rovnomalar asosida xatlov ishlari amalga oshirildi. Xatlov yakunlariga ko'ra Nizom asosida 6 ta toifa bo'yicha 4935 nafar xotin-qizlar mahalla fuqarolar yig'ini "mahalla yettiligi"ning kollegial qarorlari asosida "Ayollar daftari"ga kiritildi.
Mas'ul tashkilotlar bilan birgalikda "Ayollar daftari"ga kiritilgan 4935 nafar xotin-qizlarning 3994 nafari yoki 81% iga tegishli amaliy yordamlar ko'rsatildi. Buning uchun mahalliy byudjeti hamda boshqa manbalar hisobidan 751 mln. so'm mablag' sarflandi.
2025/2026-o'quv yilida Oliy ta'limdagi talabalar orasida xotin-qizlarning ulushi 50,4 foizga yetkaziladi.
Raqamli texnologiyalaridan faol foydlananuvchi xotin-qizlar soni 123 nafarga oshiriladi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida o'quv mashg'ulotlari asosida 360 nafar nikohlanuvchilar o'qitiladi.
"Sog'lom oila - sog'lom jamiyat" shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini ta'minlash, oilalarni mustahkamlash, mas'uliyatli ota-onalik g'oyasini singdirish, notinch oilalardagi muhitni sog'lomlashtirish tadbirlari o'tkaziladi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda xotin-qizlarga huquqiy tibbiy va psixologik yordamlar ko'rsatish maqsadida 1 ta tumanda "Oila va xotin-qizlar maskan-lari" faoliyati yo'lga qo'yiladi.
Oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolar yig'inida haftada bir kun yosh oilalarga huquqiy, psixologik xizmat ko'rsatib boriladi;
"Xavfsiz migratsiya" tamoyili asosida 85 nafar xotin-qizlar xorijiy tillar va mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitiladi;
xotin-qizlar huquqlari himoyasini ko'zlab sud-huquq va davlat idoralariga taqdimnomalar, da'vo arizalari kiritish ishlari tashkil qilinadi;
sudlarda nizolashayotgan oilalar o'rganiladi va muammolarini bartaraf etish choralari ko'riladi.
Yulduz O'ROQOVA,
tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i.
Мавзуга оид:

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30