Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazishda ishtirok etishi mumkin

O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi "Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonunga asosan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazish bo'yicha ekspertlar reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi o'tkazilishi chog'ida ularga Adliya vazirligi bilan birgalikda uslubiy yordam ko'rsatadi.
I.UMAROV,
 tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi.