Adliya xabarlari XOTIN -QIZLAR UCHUN DAVLAT IMTIYOZLARI

Xotin-qizlarni huquqlari davlatimiz tomonidan himoya qilinar ekan, jumladan barcha sohalarda ular uchun qulayliklar va imtiyozlar berilmoqda. Erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlardagi sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmatlar uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi. Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan xotin-qizlar davlat OTMlari bakalavr bosqichida kontrakt asosida o'qiganida ularning kontrakt to'lovlari hokimliklar tomonidan to'lab beriladi. Davlat OTMlarida o'qiyotgan xotin-qizlar uchun magistratura bosqichiga kontraktning to'liq summasi budjetdan qoplab beriladi. Buning uchun har yili xotin qizlar rektor nomiga 15-sentabrgacha ariza berishi kerak. Xotin-qizlar nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qiganda qilgan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so'mdan ortiq bo'lmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.
Davlat xizmatidagi lavozimlarni shu jumladan, rahbarlik lavozimlarni egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta'minlanishi kerak. Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov kommissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning ma'lumoti va kasbiy tayyorgarligi to'g'risidagi   ma'lumotlarni balki davlat davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to'g'risidagi ma'lumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.
Rayxona Usmanova,
tuman FHDYO bo'limi inspektori.