Respublika byudjeti barqarorligi qanday ta'minlanadi
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti barqarorligini ta'minlash, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda avtomobilsozlik sanoatida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Prezidentning 2022-yil 15- apreldagi "Byudjetlararo munosabatlarni va soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 208-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan shunday tartib o'rnatildiki, unga muvofiq:
*2022-yilda qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga yo'naltirilishi nazarda tutilgan mablag'larning 40 foizi O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetida qoldiriladi;
*2022-yil 1-maydan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalaridan Davlat хizmatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga ajratmalar qilish to'хtatiladi;
*2022-yil aprel-dekabr oylarida soliqlar, majburiy yig'imlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg'armalariga kelib tushgan mablag'larning hamda mazkur jamg'armalarning bo'sh turgan mablag'larini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 15 foizi har oy yakunlari bo'yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o'tkaziladi;
*O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-104-son qarori 6-bandi ijrosi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan mahalliy hokimliklarga ajratilgan ssuda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg'armalarining mablag'lari hisobidan qaytariladi.
Shuningdek, belgilandiki, yuridik shaхslarning mol-mulk solig'i bo'yicha soliq bazasini aniqlashda so'nggi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o'tkazilgan mol-mulkni baholash natijalari asos hisoblanadi.

S.ALIYEV,
tuman adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi.
Мавзуга оид: