#Matbuot_anjumani

Prezidentimiz topshirig‘i asosida maktablarda 2 ta xorijiy tilni o‘qitish borasida 22-IDUMda ingliz va nemis tillarni, 45-IDUMda ingliz va koreys tillarni o‘qitish o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida rejalashtirilmoqda. Yurtboshimiz 2 ta xorijiy tilni o‘qitish barobarida maktablarda kasb-hunar o‘rgatish ishlarini ham yo‘lga qo‘yishni vazifa etib belgilagan. Bu borada 6-,20-,15-,32-,41-maktablarda tikuvchilik, dorivor o‘simliklar yig‘uvchi, issiq xona ishchisi, ayollar sartaroshi, duradgorlik, kulolchilik, san texnik, oshpazlik, ko‘rpacha tikish va qovish, parda tikish kabi kasb-hunar o‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.Tumandagi o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab maktablarda 14 ta baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilib, ularga 629 nafar o‘quvchilar qamrab olinganligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Yana bir dolzarb savollardan biri bu yil maktab bitiruvchilarning oliy ta'limga qamrovi qanchaga o'sishi va buning uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda, degan savolga: 2022-2023 o‘quv yilda 1713 nafar 11-sinf bitiruvchilari mavjud bo‘lib, ularni hozirda OTM lariga jalb qilish ishlari dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, har bir ta’lim muassasasida doimiy faoliyat yuritib boruvchi “Abituriyentlar shtabi” tashqil etilgan. “Abituriyentlar shtabi” ma’sul xodimlari tomonidan doimiy ravishda “Oliy maktab akademiyasi” NTM bilan hamkolikda bitiruvchi o‘quvchilari orasida diagnostik test sinovlari, “Registon “o‘quv markazi tomonidan ONLAYN test sinovlarilar o‘tkazilib boriladi. Kelgusida bitiruvchilardan 731 nafarini OTM larga o‘qishga kiritish va qamrab olish darajasini 42,7% dan yuqoriga ko‘tarish uchun harakatlar qilinmoqda deb javob berildi.
Мавзуга оид:

Referendumga tayyorgarlik qizg'in
- 04 апр, 12:08

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

MATBUOT ANJUMANI
- 25 янв, 13:17