8 декабрь - ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI

Darhaqiqat, tub mohiyatiga ko'ra o'zida ilg'or milliy va umuminsoniy g'oyalarni mujassam etgani, butun xalq va barcha qatlamlarning manfaatlarini ifodalovchi mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi Vatanimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berganini alohida ta'kidlab o'tish lozim.

O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi ta'lim sohasiga oid bir nechta moddalarni o'z ichiga qamrab oladi.

Xususan, Konstitutsiyaning 44-moddasi ikkinchi qismida bolalar mehnatining bolaning sog'lig'iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta'lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi belgilangan.

Shuningdek:

- Har kim ta'lim olish huquqiga ega va Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majbu-riydir. (50-modda)

O'zbekiston Respublikasida o'qituv-chining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.

-  Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi (52-modda).

-  Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob'yektlari va xizmatlaridan to'laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta'lim olishiga ko'maklashadi, ularga zarur bo'lgan axborotni to'sqinliksiz olish imkoniyatini ta'minlaydi (57-modda).

- Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar (77-modda).

- Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi (79-modda).

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi bayrami arafasida tumanimizdagi barcha  umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi singari bizning maktabimizda ham "Konstitutsiya - qomusimiz, faxrimiz" mavzusida ochiq darslar o'tkazildi. Maktab o'quvchilari bilan o'tkazilgan tadbirlarda Bosh Qomusimizda har kimning bilim olish, hunar o'rganish, aholini ijtimoiy himoya qilish, sog'lig'ini saqlash masala-lariga alohida e'tibor qaratil-ganligi, unga ko'ra har kim erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi aytib o'tildi.

Shuningdek,   o'quvchilarga Konsti-tutsiyamizni doimiy va chuqur o'rganish, uni hayotimizning dasturulamaliga aylantirish va shu asosda huquq va erkinliklarimizni ro'yobga chiqarish hamda boshqa kishilarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish barcha-mizning burchimiz ekanligi yana bir bor uqtirildi.

Tadbirlarda o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Muhammad ABDURAHMONOV,

30-maktabning tarix fani o'qituvchisi.