Kambaga‘al oilalarga ijtimoiy shartnoma asosida yordam ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevralda “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 125-sonli qarori qabul  qilindi. 
Mazkur qarorga muvofiq mahallalardagi kambag‘al oilalarga ko‘mak  2025-yil 1-martdan boshlab Sirdaryo viloyati Xovos tumanida, 2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning boshqa hududlarida ijtimoiy shartnoma asosida ko‘rsatilishi belgilab berildi.
Bunda, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar tomonidani jtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ushbu oilalarga to‘lanadigan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam miqdorini “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori bilan 30 foizgacha kamaytirish tartibi joriy etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan 2025-yil 1-martdan boshlab “Raqamli mahalla” electron platformasida ijtimoiy shartnoma asosida davlat tomonidan ijtimoiy ko‘makdan foydalanib, o‘zining majburiyatlarini bajarmagan fuqarolarning reyestri yuritilishi belgilandi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak ko‘rsatish uchun ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi to‘g‘risida ”gi Nizom tasdiqlanib, ushbu Nizomda kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish uchun zarur ko‘mak choralarini ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy shartnoma tuzish, unda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini monitoring va nazorat qilish tartibini belgilab berdi.
I.Umarov 
Ijtimoiy inspeksiyaning Samarqand
Viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi