Ilm-fan yo‘lidagi yuksak e’tirof: Munisaxon Sayidqosimovani tabriklaymiz
#Bizning_faxrimiz✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika “Ilmiy Matbuot Markazi” hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida “SCIENTIFIC PUBLICATION” ilmiy matbuot markazi tomonidan “ILM-FAN FIDOYISI” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi va “Ilmiy tadqiqotning vazifalari: muammosi va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
✏️Mazkur nufuzli tanlov va konferensiyada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi laboranti Sayidqosimova Munisaxon Suyunxo‘ja qizi munosib ishtirok etib, ilmiy faoliyati va tadqiqot ishlari bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi.
📺Tanlov yakunlariga ko‘ra ishtirokchi Respublika ilmiy tadqiqot markazi tomonidan quyidagi mukofot va e’tiroflar bilan taqdirlandi:
🎖 Esdalik ko‘krak nishoni;
🎖 Faxriy nishon belgisi;
📘 Qimmatbaho esdalik bloknoti va ruchkasi;
🆔 ID raqamli rasmiy guvohnoma;
📜 Elektron sertifikat;
📚 Ilmiy maqolalar to‘plami (elektron shaklda);
📜 Ilmiy rahbar nomiga tashakkurnoma;
🏫 Ta’lim muassasasi nomiga minnatdorchilik xati;
👨👩👧 Ota-onasiga yo‘llangan e’tirof maktubi.
🖌Shuningdek, tanlov g‘oliblarining ilmiy maqolalari xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan keng foydalaniladigan Google Scholar bazasida indekslanishi belgilangan bo‘lib, bu ilmiy ishlanmalar nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✅Toshkent shahrida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida Sayidqosimova Munisaxon Suyunxo‘ja qiziga mukofotlar topshirildi hamda uning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.
🖐Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi Sayidqosimova Munisaxon Suyunxo‘ja qizini ushbu yuksak yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Uning erishgan natijalari universitetda ilm-fan va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan samarali ishlarning yorqin ifodasidir.
Мавзуга оид:







