QUYON MUCHALI

Quyon muchalidagi erkaklar: Quyon muchalida tug'ilgan erkaklar tabiatan ishbilarmon, tadbirkor va omilkor bo'ladilar. Ular tadbirkorlik ishlarida uddaburon bo'lib, pul ularni "yaxshi ko'radi". Mazkur muchaldagilarning eng katta kamchiligi: maishatga, ichkilikka berilishidir. Ba'zilari haddan ortiq ichkilikka, maishat, ulfatchilik qilishga berilishi oqibatida ulardagi bor qobiliyat, iste'dod ham yo'qqa chiqadi.
Quyon muchali sohiblari doimo ayollar ta'siri, domiga osonlik bilan tushadilar va bunga o'zlari yo'l qo'yib beradilar. Yoqtirgan bir necha ayollaridan qaysi birini tanlashga ham uquvlari yetmaydi yoki buni o'zlari xohlamaydilar va hammasi bilan ishqiy muloqotda bo'lishni istaydilar. Shuni yaxshi anglashlari lozimki, bunday "og'ir vazifani" bajarishga doimo ham qodir bo'lavermaydilar, ayniqsa, yoshlari o'tib borgani sari.
Quyon muchalidagi ayol(qiz)lar: Mazkur ayol(qiz)lar qulay sharoit tug'ilishi bilanoq o'zlarining madaniyatini, qobiliyatini namoyon qila boshlaydilar. O'zlari yoqtirgan soha, mutaxas-sislikni yoki biror predmetni qunt bilan o'rganadilar va olgan bilimlari, iste'dodi bilan atrofidagilar o'rtasida yarq etib ko'zga tashlanishga mushtoqdirlar. Hayot uchun yanada muhimroq bo'lgan boshqa jihatlarni esa mutlaqo anglamasliklari mumkin. Quyon muchalidagi ayol(qiz)lar do'stlashuvchan, oila a'zolariga nisbatan g'amxo'r, mehribon, jonkuyar va og'ir-bosiq bo'ladilar. Og'ir uy ishlarini bajarishlari bilan kitob o'qishga va do'stlarining ko'nglini olishga ham vaqt topa oladilar. Ularda nozik ta'b, hazil-mutoyibaga moyillik va artistlik qobiliyati ham yaxshi rivojlangandir.
Мавзуга оид:

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21

MILLIY MADANIYATIMIZ KO‘ZGUSI
- 17 дек, 15:04

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27