TUG'ILGANLIK HAQIDA GUVOHNOMA OLISH UCHUN TO'LOV MIQDORI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.11.2020-yil 704-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti"ga asosan  2021-yil 1-fevraldan boshlab yangi tug'ilgan bolaga tug'ilganlik haqida guvohnoma olish bepul bo'lib, tug'ilganlik haqida guvohnoma olish uchun to'lov gerb yig'imi bir martalik nafaqa (suyunchi) pulidan chegirib qolinadi. Shu bilan birga tug'ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda:

1.Bolaning turar joyi bo'yicha   ro'yxatga qo'yish,

2. Hududidagi tibbiyot mutaxassisiga ro'yxatga qo'yish,

3.Maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo'yish, 

4.Bir martalik nafaqa pulini olish uchun xalq bankiga elektron yuborish kabi xizmatlarni bajaradi.

Ushbu reglament orqali fuqarolarni tashkilotlarda sarson bo'lib yurishini, ortiqcha vaqt sarflashini oldini olmoqda va qulaylik yaratmoqda. 

Har bir yangi tug'ilgan bolaning tug'ilganligi FHDYOning elektron bazasiga kelib tushishi bilan idoralar o'rtasida elektron hujjatlar o'zi borishi ta'minlangan. Boshqacha qilib aytganda fuqarolar emas, hujjatlar o'zi kerakli tashkilotlarga boradi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 06.01.2020- yildagi "Davlat boji to'g'risida"gi O'RQ-600-son qonuniga asosan takroran tug'ilganlik haqidagi guvohnoma uchun davlat boji BHMning 15%- 45 000 so'm, BHMning gerb yig'imi 15%-45 000 so'm, pullik xizmat BHMning 5% - 15 000 so'm, jami 105 000 so'm miqdorda undiriladi. 


 M.Saydullayeva,

tuman FHDYO mudirasi.