KASB-HUNAR FAZILATI

Alloh taoloning barcha payg‘ambarlari va elchilari biron kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lib hayot kechirganlar. Odam alayhissalom bug‘doy sepgan va uni yig‘ib don qilganlar, donni tegirmondan o‘tkazib, uni xamir qilgan va non pishirib, iste’mol qilgan. Nuh alayhissalom duradgor usta bo‘lganlar. Ibrohim alayhissalom esa bazzozlik qilganlar. Dovud alayhissalom temirchilik, Sulaymon alayhissalom cho‘pdan o‘lchov va tarozi yasaganlar. Zakaryo alayhissalom najjorlik qilgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom qo‘y boqqanlar va tijorat bilan shug‘ullanganlar. Barchalari o‘zlari qilgan kasblaridan rizqlanib halol-pok hayot kechirganlar. Alloh taolo insonlarni halol kasb-hunar bilan kun kechirishga va shu yo‘l bilan topilgan eng yaxshi narsalardan ehson qilishga buyuradi:
“Ey iymon keltirganlar! O‘z qo‘l mehnatingiz va biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalarning yaxshilaridan ehson qilingiz! O‘zingiz faqat ko‘zingizni chirt yumibgina oladigan darajadagi narsalarni (ehson qilishga) tanlamangiz ! Shuningdek bilingizki, albatta Alloh g‘aniy va maqtovga loyiq zotdir!” (Baqara surasi, 267-oyat).
Shuningdek, mashhur musaffir Imom Bag‘aviy shunday deydi: “Bu oyati karimadan kasb-hunardan topilgan narsalarning eng yaxshisidan sadaqa - ehson qilinglar, degan ma’no anglanadi”. Abdulloh ibn Ma’sud va Mujohid (r.z) lar aytadi: “Oyatning mazmunida “Tijorat va sanoat yo‘li bilan kasb etilgan halol narsalardan sadaqa qilinglar”, deyilmoqda. Bu oyati karima yana kasb-hunar qilish muboh ya’ni mumkinligi, ular yaxshi va yomonga bo‘linishiga ham dalolat qiladi.
Alloh taolo barchamizni kasbu-korimizga fayz baraka berib, rizqimizni halol yo‘llar bilan topishimizga O‘zi yoru madadkor bo‘lsin!
Rustamxon ERGASHЕV,
Oqdaryo tumani “Qum” jome
masjidi imom xatibi.
Мавзуга оид:

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BAXT KALITI O'ZIMIZDA
- 11 янв, 13:53

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00