Tuxmat va Haqorat qilganlik uchun Qonunchilikda nima deyilgan?

Tuhmat qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasiga asosan Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 139-moddasiga ko’ra bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Haqorat qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga asosanHaqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 140-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
A.Otamuradov
tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini
himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish
bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Мавзуга оид:

Kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo'ling!
- 10 авг, 13:39

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

REKLAMA TO'G'RISIDAGI YANGI QONUN KUCHGA KIRADI
- 31 авг, 10:35