Psixolog minbari BOLA TARBIYASIDA OTA- ONALARNING ROLI

Jamiyatda oilaning roli o'zining kuchi bo'yicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi. Oilada insonning ma'naviyligiga asos solinadi, xulqiy qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.
Bugungi kundagi eng dolzarb masala sifatida jamiyatda yoshlarning xulq-atvoridagi salbiy o'zgarishlar namoyon bo'lmoqda. O'smirlardagi bu o'zgarishlar agressiv xatti-harakatlarda o'z ifodasini topmoqda. Xo'sh, bunday agressiv xulq-atvorni yuzaga keltiruvchi asosiy omil nima? Buni qanday yo'l bilan oldini olish mumkin?
Avvalo, oiladagi tarbiya jarayoni, o'smir shaxsida xulq-atvorni yuzaga kelishining birlamchi omili hisoblanadi. Oiladagi muhit ota-ona o'z mas'uliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo'ladi. Bolalarning odobli bo'lib ulg'ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deb bejiz aytmagan xalqimiz. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi bilan o'zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo'ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o'z odatlari bilan ba'zan o'zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo'pol munosabatlar, ko'p yolg'on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib chiqaradi. Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o'rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb katta bo'lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida oiladagi nosog'lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan "ma'naviy kasal" insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bolalarga yetarli darajada e'tibor berilmasligi, ularda mehr yetmaslik holatini yuzaga keltirmoqda. Psixolog olimlarni ta'kidlashicha, shaxsda mehrga bo'lgan ehtiyojni qondirilmasligi, undagi jiddiy kamchiliklar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin ekan. Har bir insonga o'z ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy va umumiy maqsadlarga erishish uchun boshqa odamlar bilan birlashishga intilish xosdir.
Bola shaxsidagi mehrga bo'lgan ehtiyojni qondirilishda me'yorga amal qilish muhim. Zero, e'tiborning haddan ortiq darajasi ham salbiy holatlar sababchisi bo'lishi mumkin. Oiladagi haddan ziyod o'smir erkinliklarini cheklash yoki aksincha ota-ona tomonidan surunkali befarqlik ham, shuningdek, agressiv xulq ko'rinishlarini shakllanishga olib keladi. Agressiv xulq oilada o'smirning erkinliklari haddan ziyod chegaralanganda yoki unga haddan ziyod erkinliklar berilganda ham shakllanishi mumkin.
Agar o'smir oilada barcha ehtiyojlarini tezlik bilan qondirilishiga o'rganib qolgan bo'lsa, tengdoshlari jamoasida uning ehtiyojlariga to'sqinlik qilganga nisbatan agressiv munosabat bildiradi. Oilada emosional inkor etilganlik holatlarida ham o'smirlar o'zlarining agressiv xulq ko'rinishlari bilan o'zlariga oila a'zo-larining e'tiborini qaratishga harakat qiladilar.
Ota-ona o'smir xulqidagi o'zgarishlar sababini izlash, o'zaro munosabatlarni o'zgartirishga harakat qiladilar. Agar o'smir oila a'zolari muntazam tarzda o'zaro nizolar, baqiriqlar orqali ta'sir o'tkazish asosida muammolarini hal etishga o'rgangan bo'lsalar, boshqa ijtimoiy vaziyatda aynan o'zni shunday tutishga intiladi:
- shaxsiy muammolar (fiziologik va psixologik xarakterdagi muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'luvchi pubertat davri xususiyatlarining namoyon bo'lishi)
- O'zining tashqi ko'rinishidan norozi bo'lish (Terzit kompleksi) kattalar tomonidan noadekvat idrok qilinishi. O'smir o'zini kattadek his etadi, unga bolalar kabi munosabatda bo'lishlari yoqmaydi. O'smirdagi taffakurning tanqidiyligi kattalar xatti-harakatiga nisbatan shubha bilan qarash, ulardagi axloqiy me'yorlarga nisbatan e'tiroz hislarini shakllanishga olib keladi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, shaxsning agressiv xatti-harakatiga ta'sir etuvchi xususiyatlaridan biri - bu frustratsiyani ko'tara olmaslik qobiliyatidir. Ma'lumki, frustratsiya ehtiyojlarni qondirishda yoki maqsadga erishish yo'lida paydo bo'lgan to'siqlar tufayli kelib chiqqan holatdir. Xuddi shu paytda o'smir shaxsida ham ota-ona va yaqinlari uni tushunmasligi va aksincha unga nisbatan qattiqqo'lligi natijasida agressiv xatti-harakatlar, o'smir xulqida og'ishlar namoyon bo'lishini kuzatishimiz mumkin.
Demak, o'smirning agressiv xulqi shakllanishida asosan ota-ona ta'siri kuzatiladi va oila tarbiyasidagi quyidagi omillar katta rol o'ynaydi:
- o'smir harakatidan qoniqmagan ota-ona reaksiyasi;
- o'smirlar va ota-onalar o'rtasida munosabatning xarakteri;
- aka-uka, opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar xarakteri;
- ota yoki ona yoki ikkovlari bilan bo'lgan yomon munosbat.
Shuningdek, o'smir ota-onalarning qo'llab-quvvatlamasligi va ularning qiziqishlariga beparvoligini sezsa, quyidagi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin:
- jinoyatchilik faoliyatiga kirib ketish;
- boshqa o'smirlarga qarshi chiqish;
- o'z ota-onasiga nisbatan o'zlarini agressiv holda tutishi mumkin.
O'smir xulqidagi og'ishlar asosini avvalo oila muhiti tashkil qilishi va oiladagi o'zaro bir-birini psixologik tomondan tushunmasligi natijasidir.
O'smirlik keskin o'zgarishlar davriligini hisobga olgan holda, ularga alohida e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Aks holda esa yuqoridagi salbiy xususiyatlar o'smir xarakterini, uning xatti-harakatini tubdan o'zgartirib yuboradi.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta'limni ham g'azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero, zo'rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o'chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so'nishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, ta'limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi. Yana shu narsani ta'kidlab o'tish joizki, ota-ona, yaqinlari tomonidan me'hr-e'tiborni yetarli darajada, o'z vaqtida berilish bola shaxsidagi barcha ijobiy xislatlarni shakllantiradi. Har xil tobelik holatlarini (internetga, video o'yinlarga tobelik) oldini oladi.
Aziza XOLIQOVA,
tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi.

KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15

AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00